O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


IV.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi


Download 434.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana06.10.2023
Hajmi434.76 Kb.
#1693456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish

 
IV.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi
Mustaqil ta’lim shakli talabalar tomonidan mustaqil tarzda, o‘qituvchining 
bevosita ta’sirisiz amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayon hisoblansada, biroq 
o‘qituvchi talabalarga mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularni topshirar ekan, 
mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda erishilishi lozim bo‘lgan natijalarning 
umumiy tavsifi, bu jarayonda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, tavsiflangan 
natijalarga erishish yo‘llarining taxminiy uslublari va tavsiya qilinayotgan 
adabiyotlar (manbalar) haqida umumiy tushuncha berib o‘tishi zarurdir.
Bu tavsiyalar va maslahatlar talabalarning mustaqil holda o‘zlashtirishi 
belgilagan mavzularni batafsil o‘rganishlari va zaruriy darajadagi bilimga 
(ma’lumotga) ega bo‘lishlarini osonlashtiradi. Biroq bu jarayonda o‘qituvchi 
belgilangan mavzuni o‘zi tavsiflagan holda “aynan shunday bo‘lishi kerak” degan 
tushunchadan talabalarni holi qilishi zarur va ayni vaqtda talabalarga mavzu 
yuzasidan erkin tadqiqot olib borishlari uchun etarli sharoit yaratishi lozim.
Bu holat o‘z navbatida talabalarga belgilangan mavzu yuzasidan o‘z 
dunyoqarashlari (yoki o‘zlari lozim deb hisoblagan tushunchalar) asosida 
ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilishlariga imkon beradi. Bu jarayonda 
o‘qituvchi talabalarni doimiy ravishda maslahat darslarida, individual suhbatlar 


22 
vaqtida «O‘zbekiston tarixi» metodologiyasining asosiy jihatlari bilan tanishtirib 
borishi va bajarilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari yuzasidan to‘g‘ri xulosalar 
chiqarishga yo‘naltirib borishi lozim. 
Iqtidorli va ilmiy tadqiqot olib borish malakasiga ega, fan (kurs) yuzasidan aniq 
tadqiqot mavzusi ustida ish olib borayotgan talabalar bilan mavzu bo‘yicha 
individual (yoki kichik guruhlar tarzida) ish olib borish maqsadga muvofiqdir. 

Download 434.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling