Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

 
 
Biologik 
sifatlar 


127 
Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu - uquvlar majmui, shu tufayli 
antropologik bo‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv 
qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati va h.k.lar)da 
amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlik uquvi 
menejerga antropologik bilimlarni tadbiq etishlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. 
Quyidagilar mazkur texnologiyalarga taalluqli:: 

maqsadni mo‘ljallash texnologiyasi; 

etik taalluqlash texnologiyasi; 

o‘z-o‘zini faol baeishlash texnologiyasi; 

o‘zini abadishashtirish va b. texnologiyasi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati 
bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatiga ega. Insoniyat tomonidan fan-
texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra 
bosho‘aruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Boshqaruvning 
mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni 
ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. SHuning 
uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat 
faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi. Boshqaruv, bu hamisha 
xukmronlik, har qanday tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishi, uni to‘g‘ri 
taqsimlashga bogliq. Lavozim vakolatidan (hokimiyatning taqsimlanishidan) qat’iy nazar 
boshqaruv hulqining umumiy tamoyillari - vakolatlilik, insonparvarlik, innovatsiyalik, 
pragrmatika va ortobiotiklik mavjud. Boshqaruv uslubiga kelsak, u avtokratik, 
byurokratik, demokratik va aristokratik bo‘lishi mumkin. 
Menejerning insonshunoslik vakolati uning boshqaruv faoliyatida antropologik 
bilimlardan foydalanishdagi nazariy-amaliy tayyorgarligiga bog‘liq. Bu vakolatlilik 
insonshunoslilik ma’lumoti va menejerning insonshunoslik texnologiyasi bilan 
tavsiflanadi. 
Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. CHunki, strategiya-bu 
istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariyalarni tahlil etish san’ati hamda istio‘bolda 
raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oyadir. Boshqaruv strategiyasi-bu strategik 
maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. SHuning uchun yaxshi strategiya 
va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli 
belgisi. 
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi: 
1. Tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan strategik ko‘ra bilishni, harakat uzoq 
muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish. 
2. Strategik ko‘ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa 
aylantirish. 
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish. 


128 
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga 
oshirshi. 
5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va rivojlanishning 
uzoq muddatli yo‘nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni 
amalga oshirish usullari, o‘zgaruvchan sharoitlar, yangi yuyalar va imkoniyatlarga 
nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish. 
Mazkur strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayonida 5-vazifadan 
agar zarur bo‘lsa qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish yoki takomillashtirish 
uchun oddingilariga qaytish ko‘zda tutilgan. 
Tashkilotning strategik ko‘ra bilishi va zimmasidagi vazifasini shakllantirish. Bu 
vazifani bajarishda tashkilotlarning rahbarlari quyidagi savolga javob berishi lozim: 
biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishamiz? Zimmadagi vazifa bayon qilinganda 
tashkilot faoliyatining tavsifi aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi 
belgilanadi. o‘z xodimlarida «maqsad tuyg‘usi»ni yuzaga keltirish uchun, rahbar 
ularni tashkilotning strategik mo‘ljali va zimmadagi vazifa to‘g‘risida xabardor 
qilishi lozim. Bunda esa yaxshi o‘ylangan strategik mo‘ljal tashkilotni istiqbolga 
tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishini belgilashga yordam beradi. 
Strategiyani ishlab chiqishda asosiy boshqaruv muammosi, ya’ni tashkilot 
ahvolini hisobga olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga qanday erishish 
belgilanadi. Strategiya natijalarga erishish vositasi hisoblanadi. Bunday harakat 
tarziga tashkilot, maqsad va vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal o‘ilishi shart. 
Tashkilot strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro 
bog‘liq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan iboratdir. 
Strategiyani ishlab chiqish tashkilot ichki va tashqi holatiga tashxis qo‘yishdan 
boshlanadi. Nega? CHunki to‘g‘ri tashxissiz yoki umuman busiz chuqur o‘ylanmagan 
strategik harakat qabul qilinishi mumkin. 
Tashkilot strategiyasi, qoidaga ko‘ra, quyidagi mutanosibliklardan iborat 
bo‘ladi: 

puxta o‘ylangan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar; 

agar kutilmagan yo‘nalish yuzaga chiqsa va zarur bo‘lsa, unga javoban xatti-
harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir bo‘lsa va h. k. 
Amaldagi strategiya tarxi9. 2- rasmda berildi. 
Rasmdan ko‘rinadiki, yangicha vaziyat (o‘zgaruvchan sharoit)lar yuzaga kelishi 
natijasida rejadagi strategiya o‘zgarishi mumkin ekan. Ta’lim sohasidagi bunday 
vaziyatlarga fan, texnika, texnologiya, iqtisod, madaniyat, ta’lim va h. k.dagi yangi 
natijalarni; yangi qonunlar yuzaga kelishi yoki hukumat siyosatining o‘zgarishi; 
ta’lim xizmatiga bo‘lgan talabning o‘sishi va h. k.larni kiritish mumkin.


129 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling