Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Sistemali yondoshuv - boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib 
qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin: 

sistemali - kompleks yondoshuv 

sistemali - funksional yondoshuv 

sistemali - tarkibiy yondoshuv 

sistemali - kommunikatsion yondoshuv 
2. 
Kompleksli yondoshuv - boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan 
o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi. 
3. 
Tarkibiy yondoshuv - boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo‘lib 
o‘rganiladi.
4. 
Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv - boshqariluvchi ob’ektning konkret 
sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi 
qo‘llaniladi. 
5. 
Integratsion yondoshuv - makrodarajada boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi 
uslublar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash 
yordamida boshqariladi. 


125 
6. 
Modellashtirish usuli - boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo‘yicha turli 
sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi. 
7. 
Iqtisodiy-matematik yondoshuv - optimal qaror qabul qilish maqsadida 
matematik uslublar va xisoblsh mashinalarini keng miqyosda qo‘llash. 
8. 
Kuzatish usuli - boshqariluvchi ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali, 
ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli. 
9. 
Eksperiment (tajriba) usuli - boshqarish jarayonida boshqariluvchi 
ob’ektga nisbatan namunaviy ajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash. 
10. 
Sotsiologik kuzatuv usuli - boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, 
suxbatlar, testlar, infratuzilmaviy taxlillarni o‘tkazish. 
3.Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish. 
Boshqaruv faoliyati nazariyasi va amaliyoti menejer modelini yuzaga keltirdi 
(9.1-rasm). Mazkur modelga muvofiq u shudli shaxs bo‘lishi kerak. U istarasi 
issiqlik, ochiq ko‘ngillilik, oqillik va irodalilik kabi tizim tashkil etuvchi biologik 
sifatlarga ega bo‘lishi lozim. 
Menejer jismonan barkamol bo‘lishi kerak: sog‘lom
tanda - sog‘lom aql deb 
bejiz aytilmagan. 
Ochiq ko‘ngillilikni menejer achinish va hamdardlik qilish kabi xislatlarda 
namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak. 
Menejer fikrlaydigan o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va 
idroklay olishi lozim. 
Menejerda albatta mustahkam iroda bo‘lishi shart, chunki boshqaruv, bu 
hamisha hokimiyatdir. 
Menejerning madaniyatlilik darajasi - inson tafakkuri va badiiy ijodiyoti eng 
yaxshi natijalari darajasida bo‘lishlik xususidagi doimiy extiyoj, bu uning etika, 
estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bo‘yicha bilimlari. Boshqaruv 
faoliyatiga antropologik yondashish menejer keng kultrologik tayyorgarlikka ega 
bo‘lishi zarurligaga olib keladi. 
Menejerning insoniylik jihati bu, menejerning boshqaruv faoliyatida 
sistemalashtirilgan va moslashtirilgan antropologik bilimlardan foydalana olishdagi 
nazariy - amaliy tayyorgarligi. 
Antropologik bilimlar menejerga o‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar 
bilan muloqotda bo‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini 
namoyon eta bilish va eng yaxshi kasbiy natijalarga erishish uchun zarurdir. Bular 
ayniqsa ta’lim, servis, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarvda katga 
ahamiyat kasb etadi. 


126 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling