O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Narx - tovarlarning ijtimoiy foydaliligi va qiymatining pul birligida  ifodalanishi.  Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK)


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Narx - tovarlarning ijtimoiy foydaliligi va qiymatining pul birligida 
ifodalanishi. 
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) - 1960 yilda tashkil 
topdi. 1993 yilda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 13 mamlakatini (Jazoir, 
Venesuela, Gabon, Indoneziya, Eron, Iroq, Katar, Quvayt, Liviya, Nigeriya, 
Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Ekvador) birlashtirdi.
Nisbiy ustunlik - xo‗jalik sub‘ektlari (mamlakatlar)ning ishlab chiqarish 
xarajatlari yig‗indisidagi nisbiy farqdan foydalanishi tufayli ko‗rgan foydasi. 


144 
Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab 
chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.
Oziq-ovqat xavfsizligi - milliy va global ehtiyojlarni oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan ta‘minlash imkoniyati. 
Osiyo - Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti – 
tashkilot 1989 yilda tashkil topdi. Yangi Zelandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya kabi 
davlatlar tashkiloti bo‗lib, shu hududdagi 11 mamlakatni, Yaponiya, ASEANga a‘zo 
6 mamlakatni (Malayziya, Singapur, Indoneziya, Filippin, Tailand, Bruney) 
birlashtiradi. 
Osiyo rivojlanish banki (ORB) - 1966 yili BMTning Osiyo va Tinch okeani 
bo‗yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) qaroriga ko‗ra tashkil 
topdi (1968 yildan boshlab kredit faoliyatini boshladi). Aksioner jamiyati asosida ish 
yuritadi. Unga 45 dan ortiq davlat a‘zo. Vazifasi Osiyodagi rivojlanayotgan 
davlatlarning iqtisodiy va savdo munosabatlariga homiylik qilish, ularga moliyaviy 
va texnik, iqtisodiy yordam ko‗rsatish, iqtisod sohasida mintaqaviy hamkorlik 
qilishdir. ORBning shtab-kvartirasi Manila shahrida joylashgan.
Oferta - aniq shart-sharoitlar asosida bitim tuzish taklifi.
Offshor hududlar - bu jaxon iqtisodiyotida milliy iqtisodiy makonning bir 
qismi bo‗lib, bu yerda xorijiy mamlakatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari tijoriy 
operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirashadi.
Ochiq hisob - hisob-kitob tovar importyor tomonidan olingandan so‗ng 
amalga oshiriladigan forma. Bunda eksportyor importyorga hisob-fakturani hujjatlar 
bilan birgalikda pochta orqali banklar ishtirokisiz yuboradi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling