O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

To„g„ri investitsiyalar - foyda olish bilan birgalikda kapital qo‗yilayotgan 
ob‘ektga 
o‗zidan 
nazoratni 
ta‘minlash 
huquqini 
beruvchi 
kapital 
qo‗yilmalartushuniladi. 
To„lov balansi - mamlakatning barcha rezidentlarining qolgan barcha 
mamlakatlar bilan ma‘lum vaqt oralig‗idagi (odatda bir yil) iqtisodiy bitimlari 
natijalarini sistemalashtirilgan holda qayd etilishidir. 


147 
To„lov balansining asosiy moddalari - tovar va xizmatlarda eksport-import, 
xorijiy investistiya kapitali harakatini o‗z ichiga oladi.
To„lov balansining balanslovchi moddalari - valyuta zahiralarining harakati, 
qisqa muddatli aktivlar hajmining o‗zgarishi, davlat qarzlari va kreditlari, ikki 
tomonlama bitimlar hamda xalqaro tashkilotlar liniyasi bo‗yicha moliyaviy 
yordamlarni aks ettiradi.
Umumjahon banki - o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq beshta institutdan tarkib 
topgan ko‗p tomonlama kredit beruvchi tashkilotdir. 
Umumiy bozor - ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin 
ko‗chib o‗tishini ta‘minlanlovchi iqtisodiy integratsion ko‗rinish. 
UST - Umumjahon savdo tashkiloti - xalqaro savdoni institutsional va huquqiy 
asosini tashkil etuvchi musaqil davlatlararo tashkilot. 
Faktoring - bank yoki faktor-kompaniyalarning mahsulot yetkazib beruvchi va 
xaridor o‗rtasidagi hisob-kitoblar bo‗yicha moliyaviy talabini, ya‘ni qarzni 
keyinchalik xaridordan undirib olish yo‗li bilan to‗lash vositasidagi jami vositachilik 
operatsiyalar tushuniladi. 
FAO - BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi sohasidagi tashkiloti, 1945 
yilning 16 oktyabrida tashkil topdi. Hozirgi kunda bu tashkilotga rasman 160ga yaqin 
davlat a‘zodir.
Fiksing - bu har bir valyutaga talab va taklif hajmini navbatma-navbat 
solishtirish orqali valyutalarning banklararo kursini aniqlash va qayd etish 
jarayonidir. 
Forvard - bitim imzolangandan keyin ikki kun ichida qatnashchilar tomonidan 
xatarlarni sug‗urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‗yicha olib borilgan banklararo 
valyuta-moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling