O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Forfetirlash - bir kompaniyaning tijoriy huquqlarini boshqa kompaniyaga 
naqd to‗lov bilan ayirboshlashidir. 
Franchayzing - bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning 
savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanishidir. 


148 
Fritred (erkin savdo) - xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatiga davlatning 
eng kam darajada aralashuvi natijasida o‗z faoliyatini erkin ravishda tanlashini 
nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosatdir. 
Fyuchers - qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‗urtalash maqsadida 
kelishilgan kurs bo‗yicha fond birjasida bajariladigan tezkor muddatli valyuta-
moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) - yirik hukumatlararo valyuta-moliyaviy 
tashkilot bo‗lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish
maslahat berish va moliya-kredit sohasidagi vazifalarni bajaradi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - mamlakatlar va hududlar o‗rtasidagi, 
xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‗jalik aloqalari tizimidagi 
munosabatlar tushuniladi. 
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi - ishlab chiqarish bosqichlarining 
o‗zaro bir-birini to‗ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy 
komplekslarning hamkorlik qilishidir. 
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi - mamlakatlar o‗rtasidagi 
mehnat taqsimoti ko‗rinishi bo‗lib, unda o‗zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir 
turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug‗ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning 
tabaqalanishi yuz beradi. 
Xalqaro kredit - valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, shoshilinch to‗lov 
shartlarida berishlikdir. 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) - XTTBning shohobchasi sifatida 
1956 yilda tashkil topdi, unga 165 mamlakat a‘zo (1995 y.). Maqsadi: 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qo‗llab-quvvatlash, korxonalarni kapital 
qo‗yilmalar yordamida moliyalashtirish, ishalb chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan 
xususiy investitsiyalarni rag‗batlantirish, iqtisodiyotni boshqarishga yordam berish.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling