O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Embargo - alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlayin  ta‘qiqlash siyosati.  Erkin iqtisodiy hududlar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Embargo - alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlayin 
ta‘qiqlash siyosati. 
Erkin iqtisodiy hududlar - mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib 
kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiksiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin 
bojxona nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi, ya‘ni - bu milliy iqtisodiyotning 
bir qismini tashkil etib, mamlakatning boshqa hududlarida qo‗llanilmaydigan o‗ziga 
xos imtiyozlar va rag‗batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi.
Erkin savdo hududlari (ESH) - preferensial hudud hisoblanib, uning 
doirasida bojxona va miqdoriy cheklashlardan holi savdo tartibiga rioya qilinadi. 


151 
ESKATO - BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri hisoblanadi. Osiyo va 
Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlarning (31 ta davlat) iqtisodiy 
hamkorlik jamiyati. ESKATO 1947-74 yillarda Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari 
hamjamiyati ham deb yuritilgan. Unga RF, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya 
(Shveytsariya konsultativ statusga ega) kabi davlatlar ham a‘zodir. 
“Yung plani” - Germaniya uchun ikkinchi reparatsion to‗lov (xarbiy to‗lovlar) 
rejasi bo‗lib, Daues rejasining hammualliflari O.Yung tomonidan ishlab chiqilgan. 
Rejaga ko‗ra Germaniya g‗olib davlatlarga 113,9 mlrd. marka tovon to‗lashi 
ko‗rsatilgan edi. Jahon kapitalizmining umumiy iqtisodiy krizis yillarida (1929-1933 
) bu reja amalda bajarilmadi. Lozanna konferensiyasi esa ―Yung plani‖ni mutlaqo 
bekor qildi (AQSHning roli katta bo‗ldi). Germaniyada harbiy va og‗ir sanoat 
mahsulotlarini ishlab chiqarish juda katta tezlikda rivojlanish davriga qadam qo‗ydi. 
YUNKTAD - bu tashkilot 1964- yilning 30- dekabrida tashkil topgan bo‗lib, 
unga BMTning barcha a‘zo mamlakatlari va boshqa davlatlar ham kiradi. Vazifasi: 
xalqaro savqdoning rivojlanishiga xomiylik qilish, uning xuquqiy asoslarini ishlab 
chiqish, xalqaro savdo va shuningdek xalqaro savdo bilan bog‗liq bo‗lgan tashkilotlar 
faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling