O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Svop - forvard bitimi va spot sharti bo‗yicha bitim asosida amalga oshadigan  turli xildagi valyuta operatsiyalari Sindikat


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Svop - forvard bitimi va spot sharti bo‗yicha bitim asosida amalga oshadigan 
turli xildagi valyuta operatsiyalari
Sindikat - monoplsitik birlashmaning kartelga nisbatan yuqoriroq shakli, bir 
hil ommaviy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning birlashmasi. Sindikat 
Fransiya va Rossiyada keng tarqalgan. Unda ishtirok qiluvchilar mustaqillikka ega 
bo‗lishadi, biroq ishlab chiqarilgan mahsulot birlashmaning mahsuloti sifatida 
sotiladi. 
Spot - bitimni imzolash paytida kontragentlar qayd etgan kurs bo‗yicha 
valyutani darhol etkazib berish bilan bog‗liq bo‗lgan kassa operatsiyalari.


146 
Stagnatsiya - iqtisodiyotdagi turg‗unlikni anglatadi.
Sug„urta kafolati - ma‘lum bonus evaziga sug‗urta kompaniyasining 
eksportyorlarni (kreditorlar)ga zararini qoplash haqida majburiyati.
Tashqi qarzdorlik inqirozi - davlat tomonidan tashqi qarzlar va zayomlarni 
to‗lash grafigini buzilishi.
Tashqi savdo siyosati - eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va 
jug‗rofiy yo‗nalishini tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan byudjet-soliq faoliyati 
sohalaridan biridir.
TIFni tartibga solishning tarifli usullari - soliq cheklashlari (bojxona 
yig‗imlari, bojlar, aksizlar va boshqalar) yordamida tashqi savdoga ta‘sir o‗tkazish 
vositalari yig‗indisi.
TIFni tartibga solishning tarifsiz usullari - tashqi savdoga ta‘sir 
o‗tkazishning bevosita, ma‘muriy vositalari guruhi (kvotalash, litsenziyalash, texnik 
sandartlarni joriy qilish, sanitar me‘yorlar va boshqalar). 
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) - chet el aktivlariga ega bo‗lgan yirik 
kompaniyani iqtisodiy tashkillashtirishning ko‗rinishi. 
Trest - sanoat monopoliyalarining 20-yillardagi eng yuqori shakli. Unda 
mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, korxonalarning moliyasi to‗la birlashtiriladi. Trest 
muayyan tarmoqda xukmronlik qiluvchi yagona ulkan shirkatchilik jamiyati bo‗lib, 
AQSHda keng tarqalgan monopolistik birlashma, unga kiruvchilar o‗zlarining ishlab 
chiqarish. Tijorat va yuridik mustaqilligini yo‗qotadi. Bu esa, o‗z navbatida kapitalni 
doiraviy oborotini tezlashtirish va foydani ko‗paytirish imkoniyatini beradi. Trestlar 
19-asrning 90-yillarida AQSHda vujudga keldi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling