O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

“Mauntbettena plani” - ikkinchi jahon urushidan so‗ng o‗z mustamlakachilik 
ta‘sirini saqlab qolishga intilgan ingliz bosqinchilari Hindistonning ikki dominioniga 
– Hindiston ittifoqi va Pokistonga bo‗lib yuborish to‗g‗risidagi reja bo‗lib, 
bo‗linishda asosan aholining budda va islom (musulmon) diniga mansubligiga 
ko‗proq e‘tibor berilgan. Unda hududning milliy va xo‗jalik jihatdan butunligi 
mutlaqo hisobga olinmadi, mavjud bo‗lgan sanoat korxonalarining asosiy qismi 
Hindiston hududida qolgan bo‗lsa, ularni xomashyo bilan ta‘minlovchi rayonlari esa 
Pokiston hududida qoldi. Bu esa, albatta ikki mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlanishini nihoyatda murakkablashtirib yuborishga olib kelgan 
edi. Biroq, Buyuk Britaniya parlamenti ko‗pchilik ovoz bilan ―Mauntbettena plani‖ni 


143 
qonun sifatida 1947 yilning 15 avgustida qabul qilib, ―Hindiston‖ni mustaqil davlat 
deb e‘lon qildi.
Maxsus qarz olish huquqi - xalqaro valyuta fondining maxsus hisoblaridagi 
kredit yozuvlari ko‗rinishidagi xalqaro aktivlar (ya‘ni zahira va to‗lov vositalar) 
bo‗lib, ularning miqdori XVFga a‘zo-mamlakatlarning kvotalariga mos keladi.
Mag„rib davlatlari bo„yicha iqtisodiy tashkilot - bu tashkilot 1974 yilda 
tashkil topgan bo‗lib Mag‗rib mamlakatlari (Jazoir, Liviya, Marokash va Tunis) 
bo‗yicha umumiqtisodiy konsultativ komitet nomi bilan ham mashhurdir. 
Monetarizm - bu nazariyaga ko‗ra, davlat tomonidan pul massasini o‗sish 
sur‘atlari barqaror ushlab turiladi (yiliga 3-5%.atrofida) Davlat harajatlariniqis 
qartirish xususiy kapital uchun bir iqtisodiyotdan boshqasiga erkin oqib o‗tish 
imkoniyatlarining ochadi. Bu esa o‗z navbatida mamlakatda yangi ish joylarini 
yaratish va aholi turmush farovonligini oshirish imkoniyatinii beradi.
Monitoring (xo„jalik) - jami iqtisodiy ko‗rsatkichlarni kuzatish va staistik 
ishlov berish jarayoni.
Monopoliya - biror narsaga nisbatan favqulodda huquq. Masalan, tovarlar 
ishlab chiqarishga, savdo qilishga, tashqi savdoga, xizmatlar ko‗rsatishga va 
boshqalar.
Mutlaq ustunlik - xo‗jalik sub‘ektlari (mamlakatlar)ning ishlab chiqarish 
xarajatlari miqdorining turlichaligidan (masalan, bir jug‗rofiy sharoitga ega 
bo‗lmaslik) foydalanishi tufayli ko‗rgan foydasi. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling