O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Markirovka quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
MARKETING

Markirovka quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
1. Yukning tashuvchilar, oluvchilar va xalqaro bozorning ishtirok etuvchi 
boshqa subyektlari tomonidan oson tanib olinishini ta‘minlaydi. 
2. Yukni to‗g‗ri saqlash va yetkazishni ta‘minlash uchun mos keluvchi tartibni 
ko‗rsatadi. 
3. U bilan noto‗g‗ri muomala qilinganda tashilayotgan yoki saqlanayotgan yuk 
tug‗dirishi mumkin bo‗lgan xavf-xatardan ogohlantiradi. 
Xalqaro savdoda markirovkadagi barcha yozuvlar import qiluvchi mamlakat 
tilida bajariladi. /arbiy Evropaning ayrim mamlakatlarida to‗rt tilda, ayrimlarida esa 
olti xil tilda yozish yo‗lga qo‗yilgan. Markirovkaning quyidagicha turlari mavjud: 
• tovar markirovkasi – tovarning nomi, GOST raqami, tayyorlangan vaqti, zavod 
markasi, buyurtma va naryad nomeri; 
• jo‗natish markirovkasi – tovarni jo‗natish va qabul qilish manzili, jo‗natuvchi 
va qabul qiluvchining nomi, brutto va netto vazni; 
• transport markirovkasi – transport hujjatiga asosan tashilayotgan partiyadagi 
o‗rinlar soni, tovarning yuk partiyasidagi o‗rnining tartib raqami; 
• maxsus markirovka – yukni yuklash, tashish va saqlashda u bilan muomala 
qilish usullarini belgilovchi ogohlantiruvchi yozuv va belgilar. 
Tovar, jo‗natish va maxsus markirovkalar yuk jo‗natuvchi tomonidan, transport 
markirovkasi esa yuk tashuvchi yoki uning agenti tomonidan bajariladi. 
Markirovka tovar markasini ifodalaydi hamda quyidagilarni mujassamlantiradi: 
• firma belgisi (ramz, rasm, ajratib turuvchi rang, shartli belgilanish); 
• firma nomi (so‗z yoki so‗z birikmasi, harf yoki harflar guruhi); 
• tovar obrazi (jonlantirilgan tovar markasi). 


66 
Hozirga paytda tovarlar markirovkasi uchun maxsus xalqaro simvollar tizimi 
ishlab chiqilgan. Tovar upakovkasi va markirovkasi bo‗yicha quyidagi xalqaro 
kelishuvlar mavjud: 
ATR – xavfli tovarlarni tashish bo‗yicha xalqaro kelishuv
IMDG – xavfli yuklar uchun xalqaro dengiz kodi; 
IATA – havo transporti yordamida tashiluvchi xavfli yuklarni markirovka 
qilish bo‗yicha xalqaro kelishuv. 
Xalqaro savdoda servis xizmati 
Xalqaro savdoda servis bu — eksportchi va uning vakili tomonidan amalga 
oshiriluvchi operatsiyalar majmuasi bo‗lib, ular tufayli chet ellik xaridorga optimal 
tovarni sotib olish, shuningek, undan oqilona va unumli foydalanish imkoniyati 
taqdim etiladi. 
Servis xizmatlari sotuvdan oldingi (bepul) va sotuvdan keyingi, u esa o‗z 
navbatida kafolatlangan va kafolatlanmagan turlarga taqsimlanadi. 
Sotuvdan oldingi servis kamchiliklarni tuzatish, mahsulotni ishga yaroqli holga 
keltirish, uning ishlashini namoyish etish, maslahat berish, zarur hujjatlar bilan 
ta‘minlash, transport turini tanlash va mahsulotni yetkazib berish uchun ratsional 
jadval tuzish, tovarni chet ellik xaridor manziliga markazlashgan yetkazib berish 
yo‗nalishlarini tanlash kabilarni o‗z ichiga oladi. 
Sotuvdan keyingi servis belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi. U 
quyidagilardan iborat: tovarni markazlashgan holda yetkazib berish, o‗rnatish, ishga 
tushirish, xodimlarga texnikani ekspluatatsiya qilishni o‗rgatish, vaqti-vaqti bilan 
tekshirish va profilaktik ta‘mirlash, eskirgan qismlarni almashtirish, moylash va 
boshqalar. Mazkur servis xizmatlari muntazam ravishda bepul bajariladi. 
Sotuvdan keyingi kafolatlanmagan servis o‗z ichiga xodimlarni qo‗shimcha 
o‗qitish, maslahat berish, texnikani modernizatsiyalash, texnik xizmat ko‗rsatish, 
joriy va kapital ta‘mirlash kabilarni kiritadi. Mazkur servis xizmatlari hajmi va narxi 
shartnoma, preyskurant va boshqa hujjatlarda belgilab qo‗yiladi. 
Chet elliklarga servis xizmati ko‗rsatish bo‗yicha xalqaro amaliyotda uni 
tashkil etishning bir nechta tizimi mavjud: 


67 
1.Servis xizmati xaridorlar soni kam, mahsulot texnik jihatdan murakkab 
bo‗lmagan va yuqori malakali mutaxassislarni talab qilmagan paytda faqat tovarni 
ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
2.Servis xizmati xaridorlar soni ko‗p, tovar keng tarqalgan, servis xizmatining 
operativ xodimlari mashina, asbob-uskuna va qurilmalarga maksimal darajada yaqin 
bo‗lgan hollarda ishlab chiqaruvchining xaridor mamlakatdagi mutaxassislari 
tomonidan amalga oshiriladi.
3.Servis xizmati xaridor mamlakatda faoliyat ko‗rsatuvchi chet ellik 
ixtisoslashgan xizmat tomonidan amalga oshiriladi, biroq bunda ishlab 
chiqaruvchining xarajatlari ortib, tovar sifati va xaridorlarning tovarga bo‗lgan 
munosabati haqida birlamchi tezkor ma‘lumot olish qiyinlashadi. 
4. Servis xizmatini asosiy yetkazib beruvchi mamlakatdagi turli xil asbob-
uskunalar ishlab chiqaruvchi, filiallari xaridor mamlakatda joylashgan firmalar 
konsortsiumi amalga oshiradi; odatda murakkab texnika va asbob-uskunalarga xizmat 
ko‗rsatishda qo‗llanadi. 
5. Servis xizmati xaridorlarni, ularning malakasi va ko‗nikmasi, ekspluatatsiya 
qilish shartlaridan xabardor bo‗lgan vositachilar (agentlar, dilerlar, distribyutorlar) 
tomonidan amalga oshiriladi; importchi mamlakatning kichik hududini qamrab oladi. 
6. Servis xizmati boshqa murakkab asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi, 
yuqori malakali injener-texnik va ishchi xodimlarga ega bo‗lgan chet ellik xaridorlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda eksport tovar siyosati katta hajmda 
xalqaro marketingga asoslangan turli-tuman ishlar bajarilishini talab qiladi, bu esa 
xalqaro bozor subyektlari tadbirkorlik faoliyatining ijobiy natijalariga olib keladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling