68
4. Texnik norma va standartlarni ishlab chiquvchi qaysi
xalqaro tashkilotlarni
bilasiz?
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida assortiment siyosatini ishlab
chiqishning xususiyatlari nimalardan iborat?
6.Tovar eksporti tushunchasi va tavsifnomasini izohlab bering.
7.Eksport tovar siyosati turlarini sanab bering.
8.Eksport tovar assortimenti tushunchasining mohiyati nmada?
9.Eksport tovar raqobatbardoshligi qanday baholanadi?
10.Xalqaro bozorda servis xizmatining qaysi turlari mavjud?
69
VII BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MARKETINGDA NARX
SIYOSATI
7.1.Xalqaro bozorlarda narx shakllanishining o„ziga xos jihatlari
Narx bozor kategoriyasi bo‗lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda
tovar qiymatining puldagi
ifodasi, qiymatining bozordagi ko‗rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor
xolatini ko‗rsatib turadi,
narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‗liqqan
bo‗ladi, tovar nafsiz bo‗lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini
tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‗yiladi. Narx nimaga tegishli bo‗lishidan
qat‘iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta‘minlash funksiyasi.
2. Hisob-kitob, ulchov funksiyasi.
3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi.
4. Raqobat vositasi funksiyasi.
5. Ijtimoiy himoya funksiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx;
nufuzli narx;
milliy narx;
arzonlashtirilgan narx;
jaxon narxi;
yashirin narx;
erkin narx;
standart narx;
kontrakt (ulgurji) narx;
chakana narx;
o‗zgaruvchan narx;
limit narx;
muvozanat narx.
70
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‗zgarib
turish
qobiliyatidir. Narxlar xech kachon sababsiz o‗zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori
sifatli, yangi iste‘mol qobiliyatiga ega bo‗lgan tovarlarga o‗rnatiladi. Narx darajasiga
tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‗rni bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: