O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish modernizatsiya qilinayotgan va yangi tovarlarning xarakteri hamda ularga mos keluvchi ko‗rsatkichlarni aniqlashdan iborat. Eski va yangi ishlab chiqarilayotgan tovarlar hajmining nisbati, oddiy va ilm talab qiluvchi, an‘anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnik yangiliklarga oid masalalar hal etiladi. 64 Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda eksportchining quyidagilarni bajara olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi: • hozirgi paytda raqobatbardoshlik ko‗rsatkichlari past bo‗lgan va istiqbolda rentabelligi past bo‗lishi kutilayotgan mahsulotlar ro‗yxatini aniqlash; • mahsulotlarni eksport tovarlar tarkibidan chiqarish muddati va ro‗yxatini aniqlash; • qaysi tovarlarni modernizatsiyalash kerakligini, shuningdek, muayyan mahsulotlarni qo‗llashning yangi usullarini aniqlash; • xalqaro bozor uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish takliflarini ishlab chiqish va ko‗rib chiqishga chuqur o‗ylab ko‗rgan holda yondashish. Eksport siyosatida tovarlarni o‗rash, markalash. Eksport upakovkasini ishlab chiqish firmaning tashqi bozordagi tovar siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda xaridorlar manfaatini himoya qilish maqsadida tovar upakovkasi sohasiga oid qonunchilik mavjud. G‗arbiy Germaniyada upakovkani ratsionallashtirish jamiyati keng iste‘mol tovarlari upakovkasi bo‗yicha normalarni ishlab chiqqan bo‗lib, unga ko‗ra: • upakovkadagi rasm va matnlar aniq bo‗lishi hamda tovarning mohiyatini ifodalashi lozim; • upakovka qilingan tovarning vazni va miqdori to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ko‗rinarli joyda bo‗lishi kerak; • upakovkadagi tovarlar soni imkoni boricha butun bo‗lishi lozim; • upakovkadagi narx aniq va yaxshi ko‗rinadigan bo‗lishi kerak. Shuningdek, tovar upakovkasida tovar ishlab chiqarilgan payt va uni iste‘mol qilish muddati ko‗rsatilishi zarur. Bundan tashqari, sotuvchilar uchun tavsiyalar mavjud – upakovka xarajatlarini kamaytirish, qayta ishlanishi oson bo‗lgan upakovka yaratish maslahat beriladi. Bu chora-tadbirlar ekologik muhitning ifloslanishi sababli hamda moddiy va tabiiy resurslarni tejash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro savdoda keng qamrovli tovar massasiga kiruvchi har bir mahsulot haqidagi ma‘lumotlar chet ellik mavjud va potensial xaridorlarga yetkazilishi lozim. Amalda tovar haqidagi ma‘lumotlar vositasi – markirovka shakllantirilgan. 65 Markirovka bu mahsulot va uning upakovkasiga ramziy belgilar, rasm, raqamli va harfli belgilarni aks ettirishdir. Eksport tovari markirovkasi har doim quyidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga olishi lozim: ishlab chiqaruvchining nomi, buyurtma nomeri, upakovka birligi nomeri, ishlab chiqarilgan mamlakat nomi, o‗lchami, yuklash va tushirish yo‗riqnomasi, xavfsizlik bo‗yicha qo‗shimcha ko‗rsatmalar. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling