O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Xorijiy bozorlarda vositachilarni ishlash shartlari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
MARKETING

8.2 Xorijiy bozorlarda vositachilarni ishlash shartlari. 
Bitta kanal ishtirokchilari, shuningdek, turli kanallar o‗rtasida turli darajada 
hamkorlik, ziddiyatlar va raqobatchilik kuzatilishi mumkin. 
Odatda hamkorlik bitta kanal tarkibiga kiruvchi a‘zolar o‗rtasida ko‗proq 
kuzatiladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdogarlar bir-biriga 
ko‗maklashadi, ularning hamkorligi esa har biri alohida olishi mumkin bo‗lgan 
foydaga qaraganda ancha ko‗p foyda keltiradi. Hamkorlik tufayli ular maqsadli 
bozorni yaxshiroq his etish, unga yaxshiroq xizmat ko‗rsatish va to‗laroq qondirish 
imkoniyatga ega bo‗ladilar. 
Raqobatchilik bitta maqsadli bozorga xizmat ko‗rsatishga intilayotgan firma va 
tizimlar o‗rtasida yuzaga keladi. Masalan, unversal magazinlar, narxi pasaytirilgan 
magazinlar va kataloglar bo‗yicha savdo qiluvchi chakana savdo korxonalari elektr 
uskunalari xaridorlarining puli uchun kurashda raqobat qiladilar. Bunday raqobat 
natijasida iste‘molchi tovar va xizmatlarni, ularning narxini tanlashda ko‗proq 
imkoniyatga ega bo‗ladi.
Kanalning asosiy variantlarini o‗rganish natijalariga ko‗ra firma uning eng 
samarali strukturasi to‗g‗risida qaror qabul qiladi. Endi tanlangan kanalni boshqarish 


83 
masalasi ko‗ndalang turadi. Kanalni boshqarish individual vositachilarni tanlash va 
motivlashni, shuningdek, ularning kelgusidagi faoliyatini baholashni talab qiladi. 
Tanlov davomida ishlab chiqaruvchilar bir-biridan malakali vositachilarni jalb 
qila olish xususiyati bilan ajralib turadi. Ba‘zi ishlab chiqaruvchilarda bu sohada hech 
qanday muammolar yuzaga kelmaydi. 
Kanal ishtirokchilarini motivlashda taqsimotni rejalashtirish eng ilg‗or 
usullardan hisoblanadi. Makkamonning ta‘riflashicha, bu rejali asosda mahoratli 
boshqariluvchi marketing tizimi bo‗lib, ishlab chiqaruvchining ham, distribьyuterning 
ham ehtiyojlarini hisobga oladi. Marketing xizmati doirasida ishlab chiqaruvchi 
maxsus bo‗lim tuzadi. Bu bo‗lim distribьyuterlar bilan ishlashni rejalashtirish deb 
nomlanib, 
distribyuterlarning 
ehtiyojlarini 
aniqlash, 
shuningdek, 
har 
bir 
distibьyuterga o‗z imkoniyatlaridan iloji boricha to‗laroq foydalanish imkoniyatini 
beruvchi savdo sohasini rag‗batlantirish dasturlarini ishlab chiqish bilan 
shug‗ullanadi. 
Ishlab chiqaruvchi kanal ishtirokchilari faoliyatini vaqti-vaqti bilan baholab 
turishi lozim. Bunda distribьyuterning faoliyati sotuv normasni bajarish, tovar 
zahiralarining o‗rtacha darajasini ta‘minlash, tovarni iste‘molchilarga tezkorlik bilan 
yetkazib berish, zararlangan va yo‗qolgan tovarlarga munosabati, sotuvni 
rag‗batlantirish va o‗quv dasturlarini amalga oshirishda firma bilan hamkorlik qilish, 
shuningdek, vositachi iste‘molchilarga taqdim etishi lozim bo‗lgan xizmatlar to‗plami 
kabi ko‗rsatkichlari hisobga olinadi. 
Odatda ishlab chiqaruvchi vositachilarga ma‘lum bir sotuv normalarini belgilab 
beradi. Navbatdagi reja muddati tugagandan so‗ng u barcha vositachilarga ulardan 
har birining savdo faoliyati ko‗rsatkichlari ma‘lumotlarini yuborishi mumkin. Bu 
ma‘lumotlar ortda qolayotganlarni yaxshiroq ishlashga, yetakchilarni esa erishilgan 
muvaffaqiyatlarni 
saqlab 
qolishga 
undaydi. 
Vositachilar 
savdo 
faoliyati 
ko‗rsatkichlarini ularning avvalgi davrdagi ko‗rsatkichlari bilan solishtirish ham 
mumkin. 
Ishlab chiqaruvchilar o‗z dilerlariga e‘tiborli munosabatda bo‗lishlari lozim. 
Vositachilarga etarli darajada e‘tibor qaratmagan tadbirkor ularning qo‗llab-


84 
quvvatlashidan mahrum bo‗lishi va qonun bilan kelishmovchiliklarga uchrash 
ehtimoli ortadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling