O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
MARKETING

7.3. Narx strategiyalarining turlari 
Xalqaro bozorda qo‗llanuvchi narx strategiyalari o‗rtasida quyidagilarni ajratib 
ko‗rsatish mumkin: 
1. «Qaymog‗ini olish» strategiyasi. Bu strategiya xalqaro bozor subyekti kuchli 
reklamadan foydalangan holda o‗z tovarini ishlab chiqarish narxlaridan katta farq 
qiluvchi nisbatan past narxlarda sotish orqali yuqori moliyaviy natijalarga erishishini 
nazarda tutadi.
2. «Kirib borish» strategiyasi. Bu strategiya firmaning qisqa vaqt ichida katta 
bozor ulushini egallab olish maqsadida nisbatan past narxlarda tovar bilan tashqi 
bozorga kirib borishni nazarda tutadi va ba‘zida «yorib kirish» strategiyasi deb ham 
nomlanadi.
3. «Siqib chiqarish siyosati» strategiyasi. Mazkur ko‗p hollarda strategiya 
xalqaro bozor subyektlari tomonidan boshqa sotuvchilarning xuddi shunday tovarlari 
paydo bo‗lishining oldini oluvchi juda past narxlardan foydalanish hisobiga amalga 
oshiriladi. Bunday narx siyosatini faqatgina yuqori sifatli va ommaviy ishlab 
chiqariluvchi modifikatsiyalangan tovar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya va 
firmalar qo‗llashi mumkin. Garchi bu tovarlar dastlabki shaklida xalqaro bozorda 
hayotiylik davrini yakunlashga yaqin bo‗lsa ham. 
4. «Narx yetakchisi» strategiyasi. U yetakchi firma va ishlab chiqaruvchi 
kompaniyaning narx shakllanish mexanizmidan foydalanadi. Bu esa yetakchi 
«ayyorlik» qilmayotgan va adashmayotgan hollarda ergashib boruvchi firmalar uchun 
o‗ziga xos afzalliklarga ega.5. «Tabaqalashtirilgan narx» strategiyasi. Ushbu 


73 
strategiya oson segmentlanuvchi tashqi bozorda talab darajasi yuqori, shuningdek
xaridorlarning taqsimlangan narxlarni qabul qilish imkoniyatlari mavjud hollarda 
samarali bo‗ladi. Mazkur strategiya xalqaro bozorning turli qismlarida turli 
mahsulotlarni turli narxlarda sotishni rag‗batlantirish yoki ushlab turishga imkon 
beradi.
6. Xalqaro bozorga chiqishda narx diskriminatsiyasi deb nomlanuvchi siyosatni 
amalga oshirish katta qiziqish uyg‗otadi. Bu siyosatga ko‗ra bir xil tovar yoki 
xizmatga jami ishlab chiqarish va muomala xarajatlaridan qat‘i nazar turli xil sotuv 
narxlarining belgilanishi ko‗zda tutiladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling