O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Taqsimlash kanalini strukturasi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
MARKETING

8.1-rasm. Taqsimlash kanalini strukturasi 
Sotuvchi 
Sotuvchi shtab-
kvartirasida xalkaro 
marketing xizmati 
Davlatlararo kanallar 
Davlatdagi ichki kanallar 
Yakuniy 
iste‘molchi yoki 
xaridorlar 


81 
Taqsimot kanallari bir qator juda muhim funksiyalarni bajaradi: 
• marketing tadqiqotlarini o‗tkazadi; 
• ayirboshlashni rejalashtirish va engillashtirish uchun zarur bo‗lgan axborot 
to‗plashni amalga oshiradi; 
• mahsulotni xarid qilish va sotish shartlarini (fakt bo‗yicha, pulini oldindan 
to‗lash, konsignatsiya) belgilab beradi
• sotuvni rag‗batlantiradi; 
• doimiy xaridorlar bilan aloqa o‗rnatadi va qo‗llab-quvvatlaydi; 
• narxlarni muvofiqlashtiradi. 
Birinchi bo„g„in – sotuvchi tashkilotning shtab-kvartirasi bo‗lib, taqsimlash 
kanallari ishini nazorat qiladi va shu bilan bir paytda o‗zi ham kanalning bir qismi 
hisoblanadi. 
Ikkinchi bo„g„in – davlatlararo kanallar tovarni chet el mamlakatlari 
chegarasigacha yetkazib berishni ta‘minlaydi. 
Uchinchi bo„g„in – davlatdagi ichki kanallar tovarning mamlakat chegarasidan 
olib kirilgandan so‗ng yakuniy iste‘molchilarga yetkazib berilishini ta‘minlaydi. Turli 
mamlakatlarning ichki kanallari bir-biridan ko‗p jihatlari bilan farqlanadi. Har bir 
mamlakatga xizmat ko‗rsatuvchi vositachilar turi va sonida katta farqlar mavjud. 
Taqsimot kanalini a‟zolari bir qator juda muhim vazifalarni bajaradi. 
1. Tadqiqot ishi – ayirboshlashni rejalashtirish va engillashtirish uchun zarur 
bo‗lgan ma‘lumotlarni to‗plash. 
2. O‗tqazuvni 
rag‗batlantirish 
– 
tovar 
to‗g‗risida 
nasihatomuz 
kommunikatsiyalarni yaratish va tarqatish. 
3. Aloqalarni o‗rnatish – potensial xaridorlar bilan aloqalarni yo‗lga qo‗yish va 
qo‗llab-quvvatlash. 


82 
4. Tovarni moslashtirish – tovarni xaridorlar talabiga mos holga keltirish. Bu 
faoliyatning ishlab chiqarish, navlarga ajratish, montaj qilish va o‗rash-qadoqlashga 
taalluqlidir. 
5. Muzokaralarni o‗tkazish – narx va boshqa shartlarni kelishib olishga harakat 
qilish. 
6. Tovar harakatlanishini tashkil etish – tovarni transportirovka qilish va 
omborlarga joylashtirish. 
7. Moliyalashtirish– kanalning faoliyat ko‗rsatishi uchun sarflanuvchi 
xarajatlarni qoplash uchun mablag‗larni topish va ulardan foydalanish. 
8. Tavakkalchilikni qabul qilish – kanalning faoliyat ko‗rsatishi uchun 
javobgarlikni o‗z zimmasiga olish. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling