80
VIII BOB. TAShQI BOZORLARDA TOVARLARNI TAQSIMOTI
8.1. Taqsimlash kanallarining strukturasi va funksiyalari.
Taqsimlash kanali - bu tovar ishlab chiqaruvchidan iste‘molchilarga etib
borguncha bosib o‗tadigan yo‗ldir. U tufayli tovar
va xizmatlar hamda ulardan
foydalanish istagida bo‗lganlarni vaqt, joy va egalik huquqiga oid o‗zilishlar bartaraf
etiladi.
Ularning quyidagi turlarini ko„rsatish mumkin:
• tovarlarni o‗z mamlakatidagi tovarni sotib olgandan so‗ng
uni chet ellik
iste‘molchilarga qayta sotuvchi vositachilarga sotish (bilvosita eksport);
• tovarlarni chet eldagi vositachi yoki yakuniy iste‘molchi bo‗lishi
mumkin
bo‗lgan iste‘molchilarga sotish (bevosita eksport);
• tovarlarni integratsiya va qo‗shma faoliyat asosida
yoki mustaqil ravishda
chet elda ishlab chiqarish va sotish.
Ishlab chiqaruvchilarning katta qismi bozorga o‗z tovarlarini vositachilar orqali
taklif qiladi. Vositachilar orqali harakat qilganda foydaning bir qismi yo‗qotilishiga
qaramay, vositachilardan foydalanish tovarning ochiqligini ta‘minlash
va uni
maqsadli bozorga yetkazib berish samaradorligining yuqoriligi bilan izohlanadi. O‗z
aloqalari, tajribalari, ixtisoslashuvi va faoliyat miqyosining kengligi bilan vositachilar
firmalarga ularning bir o‗zi erishishi mumkin bo‗lgandan ko‗proq
foyda olish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: