87
8.4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlarni siljitish muammolari
Tovar harakatlanishi xarajatlari ko‗pincha bir-biri bilan teskari proporsional
bog‗liq bo‗ladi.
• Transport-ekspeditsiya xizmati boshqaruvchisi imkoni bo‗lgan barcha hollarda
tovarni samolyot orqali emas, balki temir yo‗l transporti vositasida yetkazib berishni
ma‘qul ko‗radi. Bu firmaning transport xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
Biroq temir yo‗l transporti tezligining pastligi sababli aylanma kapitali uzoqroq band
bo‗lib qoladi,
bundan tashqari, tovarlarni bu tarzda yetkazib berish mijozlarni
tovarlarni qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilayotgan
raqobatchilardan sotib
olishga majbur qiladi.
• Xarajatlarni iloji boricha kamaytirish uchun tovarni jo‗natish bo‗limi arzon
konteynerlardan foydalanadi. Bu esa tovarning yo‗l davomida
zararlanishiga sabab
bo‗ladi va iste‘molchilarning noroziligini keltirib chiqaradi.
• Tovar zahiralari bo‗limi boshqaruvchisi tovar-moddiy zahiralarini saqlash
xarajatlarini qisqartirish uun ularni kam miqdorda ushlab turishni afzal ko‗radi. Biroq
bunda tovarning ombor va do‗konlarda bo‗lmaslik
holati tezlashadi, qog‗ozbozlik
ishlari ko‗payadi, rejalashtirilmagan tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni o‗z
vaqtida yetkazib berish uchun qimmatli vositalardan foydalanish zarurati yuzaga
keladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Taqsimlash kanalning asosiy funksiyalarini sanab bering.
2. Xalqaro marketingda taqsimlash kanalni strukturasini misol qilib keltiiring.
3. Vertikal marketing tizimini tavsiflab bering.
4. Taqsimlash kanalni darajasi deganda nimani tushunasiz?
5. Vertikal marketing tizimi turlarini sanab bering.
6. Gorizontal marketing tizimini tavsiflab bering.
7. Shartnomaviy vertikal marketing tizimlaridan qaysilarini bilasiz?
8. Qanday imtiyoz shakllari mavjud?
9. Tovar harakatlanishining tabiati va maqsadlari qanday?
88
10. Taqsimlash kanalida hamkorlik va ziddiyatlar
deganda nima nazarda
tutiladi?
11. Tovar harakatlanishi qay tartibda amalga oshiriladi?