O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketingni tashkil etish bosqichlari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
MARKETING

1.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketingni tashkil etish bosqichlari 
Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing konsepsiyasini tayyorlash va amalga 
oshirish jarayoni bir qator ketma-ket bosqichlarni o‗z ichiga oladi. Xalqaro 
marketingni rejalashtirish va amalga oshirish jarayoni: 
Dastlabki bosqich – dastlabki ma‘lumotlarni to‗plash va muhim bo‗lishi 
kutilayotgan xorijiy bozorlar orasidan eng ustuvorlarini tanlab olish uchun taxminiy 
tahlilni amalga oshirish.
1-2-bosqich – Har bir ustivor mamlakat uchun to‗liq (to‗laroq) ma‘lumotlarni 
yig‗ish. Bozordagi imkoniyatlar, tavakkalchiliklar va ularga mos ravishda 


12 
korxonalarning har bir ustivor bozordagi salohiyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini 
aniqlash. 
3-4-bosqich – korxonaning bosh maqsadlaridan kelib chiqqan holda tashqi 
iqtisodiy faoliyatning umumiy maqsadlari, chet el bozorlariga oid maqsadlar
bozorlarni tanlash va segmentlashni aniqlash. Bozorga kirib borish strategiya 
variantlari va tashqi iqtisodiy aloqa shakllarini ishlab chiqish. 
5-6-bosqich – muqobil strategiyalarni korxona salohiyatining maqsad va 
strategiyalarga mos kelishi va amalga oshirilishi bo‗yicha baholash. Har bir ustuvor 
mamlakat bo‗yicha marketing rejasini ishlab chiqish va korxonaning tashqi iqtisodiy 
faoliyati bo‗yicha umumiy strategiyani optimallashtirish. 
7-8-bosqich – marketing chora-tadbirlari tezkor rejalarini ishlab chiqish va 
qabul qilishdan so‗ng ularni amalga oshirish, nazorat qilish.
9-bosqich – konsepsiyani aniqlash va unga o‗zgartirish kiritish. 
Jahon bozorida marketing tamoyillari va usullari asosida ish yuritishning 
hamma uchun bir xil formulasi mavjud emas. Bunday faoliyatning muayyan shakllari 
bir-biridan sezilarli farq qilishi mumkin. Marketing yondashuvida asosiysi maqsadli 
yo‗nalganlik, marketing faoliyati va boshqa turdagi faoliyatlarning tarkibiy qismlarini 
belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yagona yo‗naltirilgan texnologiya 
jarayoniga birlashtirishdir. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling