O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Tashqi bozorlarda marketing faoliyatini tashkil etishning asosiy
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
1.4. Tashqi bozorlarda marketing faoliyatini tashkil etishning asosiy
konsepsiyalari Xalqaro marketing faoliyatini tashkil etishning asosiy konsepsiyalari quyidagilar: Ishlab chiqarish konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo‗ljallaydi. Ishlab chiqarish konsepsiyasi ikki xil holatda qo‗llanishi mumkin: • «Sotuvchi bozori» sharoitida, ya‘ni tovarga talab taklifdan yuqori bo‗lganda; 13 • Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi yuqori bo‗lib, uni pasaytirish zarur bo‗lganda. Tovar konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifati uning eng yaxshi ekspluatatsiya tavsifnomalari bilan uyg‗unlashgan holdagina o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi. Ishlab chiqaruvchi barcha hatti-harakatlarini tovarni takomillashtirishga qaratadi. Buning uchun foydalaniluvchi usullar xuddi ishlab chiqarish konsepsiyasida qo‗llanuvchi usullarga o‗xshab ketadi. Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda asosiy o‗rinni ITTKI egallaydi. Sotuv konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi sotuv sohasiga ko‗p kuch sarflagan holda o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishga harakat qiladi. Sotuvchi faoliyatining asosiy vazifasi deb zarur sotuv hajmiga erishishni belgilaydi. Chet ellik xaridorga sotuvni rag‗batlantirishning turli usullari yordamida ta‘sir ko‗rsatar ekan, sotuvchi uni o‗z tovarlarini sotib olishga undaydi. Ko‗p hollarda sotuvchi xaridorning ehtiyojlarini qondirish ustida bosh qotirmasdan, o‗z mahsulotlarini zo‗rlab sotish siyosatini ham qo‗llaydi. Sotuv konsepsiyasi ma‘lum vaqt davomidagina potensial xaridorlar soni yetarli bo‗lganda samarali bo‗lishi mumkin. Marketing konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o‗z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holdagina o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo‗ljallaydi. O‗z maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o‗ringa chet ellik xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo‗yadi. Shu sababli boshqaruvda asosiy e‘tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o‗z mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojni marketing usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug‗iladi. Shu tariqa, marketing konsepsiyasi bu chet ellik xaridorga yo‗nalganlik bo‗lib, ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi. 14 Jamoatchilik marketingi konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat- xo‗jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi xalqaro bozorning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o‗z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holda, ayrim chet ellik xaridorlar va umuman jahon hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo‗ljallaydi. Bunday konsepsiyaning paydo bo‗lganiga hali ko‗p bo‗lgani yo‗q. Uning paydo bo‗lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xom-ashyo va energetika taqchilligining yuzaga kelishi, inflyatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi, demografik ahvolning jiddiylashuvi kabi holatlar sabab bo‗ldi. Faoliyatini ushbu konsepsiya doirasida tashkil etuvchi korxona o‗z oldiga xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga mos ravishda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilib qo‗yadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling