O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Tovar sifatiga xalqaro normalarni ishlab chiquvchi tashkilotlar
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
Tovar sifatiga xalqaro normalarni ishlab chiquvchi tashkilotlar
Sifat normasi darajasi Tovar sifati normasini belgilovchi tashkilot nomi Belgilanishi va joylashgan mamlakati Milliy Germaniya norma Instituti Britaniya standart Instituti Frantsiya normalizatsiya Assotsiatsiyasi DIN, Germaniya BSI, Buyuk Britaniya AFNOR, Frantsiya Xalqaro Xalqaro standart tashkiloti Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi Internaional Electric Commision ISO, Shveytsariya ITV, Shveytsariya IEC, Shveytsariya Yevropa Comite Europeen de Normalisation Comite Europeen de Normalisation Electrotechnique Europeen Telecommunication Stsndarts Institute GEN, Belьgiya ETSI, Frantsiya Tovar sifatining texnik norma va standartlarga mos kelishi tovar siyosatining xalqaro bozordagi imkoniyatlarini aniqlab beradi. Turli mamlakatlarning norma va standartlari bir-biriga mos kelmasligi, iste‘molchilar xohish-istagi turlicha bo‗lgan geografik segmentlar uchun tovar ishlab chiqarish muammolarni tug‗diradi. Xalqaro miqyosda sifat siyosatining maqsadi milliy mahsulotni «globallashtirish» yoki tashqi bozor uchun original mahsulotlarni rivojlantirish hisoblanadi. Tovarning raqobatbardoshligi — uning real xarid qiluvchi xaridor uchun jozibadorlik darajasidir. Tovarning iste‘mol qiymati — xaridor mazkur tovar uchun to‗lash mumkin hisoblovchi maksimal narx hisoblanadi. Tovarning raqobatbardoshligi zaxirasi — tovarning iste‘mol qiymati va uni sotib olish uchun to‗langan haqiqtisodiy narx o‗rtasidagi farqdir. Iste‘molchi uchun iste‘mol qiymatining to‗lanmagan, tekin qo‗lga kiritilgan qismini anglatadi. Ta‘minotchi uchun esa tovar raqobatbardoshligining miqdoriy o‗lchami hisoblanadi. 61 Eksport tovarining raqobatbardoshligini quyidagi omillar belgilab beradi: • iste‘mol xususiyatlari; • texnologik ko‗rsatkichlar, avvalo: tayyorlash sifati, texnik darajasi, ishonchliligi, uhrq muddat xizmat qilishi, qulayligi, xavfsizligi, foydalanishda uzluksizligi, qulay o‗lchamlari, hajmi, dizayni, sotuv narxi, jozibador servis xizmati, imte‘mol qiymati (ekspluatatsiya, ta‘mirlash va saqlash xarajatlari). Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayonida tovar raqobatbardoshligini baholashda foydalaniluvchi ko‗rsatkichlarga asoslaniladi. Bu ko‗rsatkichlar quyidagilardan iborat: 1. Tovar mahsulotining vazifasi: tasniflash ko‗rsatkichlari (quvvati, tezligi, sig‗imi va hokazo); konstruktiv va texnik ko‗rsatkichlar (material sig‗imi, gabarit o‗lchami, konfiguratsiyasi, mahsuldorligi, o‗lchash aniqligi, qayta ishlanuvchi ma‘lumotlar hajmi); mahsulot tarkibi va strukturasi (tabiiy modda va aralashmalar tarkibi). 2. Sifati va ishonchliligi: GOST talablariga javob berishi, foydalanganda buzilib qolmasligi, kafolat muddati davomida ta‘mirlashsiz ishlatish; mahsulotning texnik va ijtimoiy-iqtisodiy zarur davri uzunligi; chet ellik iste‘molchilarning ma‘lum ehtiyojlarini qondirish qoiliyati. 3. Estetika: jozibadorlik (rangi, ranglar kombinatsiyasi, gabarit o‗lchami); ifodalilik (shinamlik, iqtisodiylik va hokazolarni ifodalash); emotsional ta‘sir (hayajonlonish, tinchlanish, beparvolik). 4. Ekologik tozaligi: tayyor yoki yarim tayyor mahsulotda zararli aralashmalarning mavjudligi; qayta ishlangan mahsulotlarda zararli aralashmalarning mavjudligi; atrof-muhitga, atmosfera va suv havzalariga zararli moddalarni chiqarish. 5. Ergonomiklik: gigienichnost (toksiklik, changlilik, yoritilganlik, vibratsiya, shovqinlilik); fiziologichnost (foydalanishning qulayligi, muomala qilishning osonligi); antropometrichnost (inson tanasi va a‘zolariga shakl va hajm jihatidan moslik); psixologichnost (chet ellik potensial iste‘molchining ijobiy qabul qilishi). 6. Tejamkorlik: sotuv narxining qulayligi; tijorat qo‗llanishi qiymatining yuqori emasligi (transport orqali tashish, o‗rnatish, ishga tushirish, foydalanishga topshirish, 62 tartibga solish, xodimlarni o‗rgatish, texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash, yoqilg‗i, elektr energiyasi). Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling