81
Taqsimot kanallari bir qator juda muhim funksiyalarni bajaradi:
• marketing tadqiqotlarini o‗tkazadi;
• ayirboshlashni rejalashtirish va engillashtirish uchun zarur bo‗lgan
axborot
to‗plashni amalga oshiradi;
• mahsulotni xarid qilish va sotish shartlarini (fakt bo‗yicha, pulini oldindan
to‗lash, konsignatsiya)
belgilab beradi;
• sotuvni rag‗batlantiradi;
• doimiy xaridorlar bilan aloqa o‗rnatadi va qo‗llab-quvvatlaydi;
• narxlarni muvofiqlashtiradi.
Birinchi bo„g„in – sotuvchi tashkilotning shtab-kvartirasi bo‗lib, taqsimlash
kanallari ishini nazorat qiladi va shu bilan bir paytda o‗zi
ham kanalning bir qismi
hisoblanadi.
Ikkinchi bo„g„in – davlatlararo kanallar tovarni chet el mamlakatlari
chegarasigacha yetkazib berishni ta‘minlaydi.
Uchinchi bo„g„in – davlatdagi ichki kanallar tovarning mamlakat chegarasidan
olib kirilgandan so‗ng yakuniy iste‘molchilarga yetkazib berilishini ta‘minlaydi. Turli
mamlakatlarning ichki kanallari bir-biridan ko‗p jihatlari bilan farqlanadi.
Har bir
mamlakatga xizmat ko‗rsatuvchi vositachilar turi va sonida katta farqlar mavjud.
Taqsimot kanalini a‟zolari bir qator juda muhim vazifalarni bajaradi.
1. Tadqiqot ishi – ayirboshlashni rejalashtirish va engillashtirish uchun zarur
bo‗lgan ma‘lumotlarni to‗plash.
2. O‗tqazuvni
rag‗batlantirish
–
tovar
to‗g‗risida
nasihatomuz
kommunikatsiyalarni yaratish va tarqatish.
3. Aloqalarni o‗rnatish – potensial xaridorlar bilan aloqalarni yo‗lga qo‗yish va
qo‗llab-quvvatlash.
82
4. Tovarni moslashtirish – tovarni xaridorlar talabiga mos holga keltirish. Bu
faoliyatning ishlab chiqarish, navlarga ajratish, montaj qilish va o‗rash-qadoqlashga
taalluqlidir.
5. Muzokaralarni o‗tkazish – narx va boshqa shartlarni kelishib olishga harakat
qilish.
6. Tovar harakatlanishini tashkil etish – tovarni
transportirovka qilish va
omborlarga joylashtirish.
7. Moliyalashtirish– kanalning faoliyat ko‗rsatishi uchun sarflanuvchi
xarajatlarni qoplash uchun mablag‗larni topish va ulardan foydalanish.
8. Tavakkalchilikni qabul qilish – kanalning faoliyat ko‗rsatishi
uchun
javobgarlikni o‗z zimmasiga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: