O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


“Qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

1.2. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
Zamonaviy mutaxassis ham davlat, ham xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
darajasida qurilish va investitsiya siyosati sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni to’g’ri 
tushunishi va bilishi ilmiy-texnik taraqqiyot, resurslardan oqilona foydalanish
menejment, tadbirkorlik va biznesning zamonaviy yutuqlari bilan bog'liq holda 
yangi qurilishga kapitalni investitsiyalash, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, 
rekonstruksiya qilish, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni yaratish va ularni 
ishlab chiqarishga joriy etish uchun juda muhimdir. Shuningdek, iqtisodiyotni 
boshqaruvning turli darajalarida ishlab chiqilgan turli xil qurilish variantlari, 


10 
investitsion qarorlar va iqtisodiy loyihalar samaradorligini tanlash, tahlil qilish va 
baholash usullarini ham bilishi muhim hisoblanadi. 
Fanning pedmeti bo’lib, qurilish ishlab chiqarishining rivojlanish 
qonuniyati va tendentsiyalari hamda qurilishda iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish va bozor mexanizmlarini takomillashtirish vazifalari bilan 
bevosita bog’liq holda qurilish korxonalari iqtisodiyoti masalalari hisoblanadi. 
Fanning ob'ekti - milliy iqtisodiyotning tarmog’i sifatida qurilish va uning 
ishlab chiqarish bo’g’inlari – turli mulk shaklidagi qurilish va qurilish sanoati 
korxonalari, boshqarmalar, loyiha muassasalari va ularga tenglashtirilgan boshqa 
xo'jalik yurituvchi sub’yektlar hisoblanadi. 
Fanning asosiy maqsadi – talabalarning qurilish iqtisodiyoti, ayniqsa
qurilishning takror ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanishidagi roli, investitsiyalashning strategiya va taktikasi, qurilish ishlab 
chiqarishini rejalashtirish va boshqarish sohasidagi bilimlarga hamda ularni 
xo’jalik amaliyotida, xususan iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlarida faoliyat 
yuritgan taqdirda ham ulardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega 
bo’lishini ta’milashdan iborat.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling