O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

10.1-rasm.Tizimning tasniflanishi 
Statik tizim - ish tartibini o’zgartirmaydi. Dinamik tizimlarda belgilangan 
muddatda bino va inshootlarni ishga tushirish maqsad qilib qo’yiladi. Eng kam 
xarajatlar bilan maqsadga erishish mumkin. Resurslarni qayta taqsimlash oddiy 
tizimlar - elementlarning kam soni, kam ichki aloqalar bilan tavsiflanadi.
Dinamik 
Oddiy 
Deterministik
Tizim turlari 
Statik
Kichik
Oddiy 
Murakkab 


143 
Murakkab tizimlar - ko’p elementlar soni va ular orasidagi ko’p aloqalar 
bilan tavsiflanadi. Qurilish ishlab chiqarishda, ya’ni bino yoki inshootlar qurib 
bitgunicha buyurtmachi, loyihalovchi va pudratchilar o’zaro aloqada bo’lishadilar. 
Ba’zi bir tizimlar mavjudki ularni faoliyatini oldindan bilish mumkin, 
masalan, quyosh tizimida planetalarni harakati. Ular juda aniqlik bilan harakat 
qilishadi. Bunday tizimlar qonuniyatga asosan vaqt o’tishi bilan o’zgarmas 
sharoitda bo’ladilar. Buni deterministik tizim deb ataladi. 
Moddiy ishlab chiqarish va qurilish dinamik tizimlari amalda deterministik 
bo’lmaydi. Bular ehtimolli tizimlar tarkibiga kiradi. Bunday tizimlar oxirgi 
mahsulotining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari (mahsulot birligining tannarxi, 
bajarilgan ishlar hajmi, sotuvdan tushgan tushum, foyda(daromad), ishchilar soni,
asosiy fondlarning o’rtacha yillik narxi, ishlab chiqarish rentabelligi, fond qaytimi, 
fond sig’imi, amortizatsiya, mehnat unumdorligi, ish haqi fondi va boshqalar)ga 
bosh pudratchining: 
 tayyorlov korxonalari; 
 transport tashkilotlari; 
 tashqi ta’minlovchilar; 
 moddiy-texnik va ta’minot tashkilotlariga bo’lgqan ta’siri bilan
tavsiflanadi. 
Bu ishlab chiqarish tashkilotlarining har biri o’ziga yarasha tizim bo’lib, 
ularning o’z maqsadlari, vazifalar va faoliyat rejalari mavjud. Bunday 
tizimostilarni maqsadga erishish uchun, ularni muvofiqlashtirish juda murakkab 
vazifa hisoblanadi. Ularning birgalikdagi faoliyati natijasini ba’zi bir ehtimollik 
darajasi bilan oldindan aytish mumkin. Bular ehtimolli tizimlar deb ataladi. 
Ma’lumki qurilish o
’z-o’zini boshqaradigan tizim bo’lib, u ikkita o’zaro 
bog’langan tizimostidan iborat: 
1. Boshqaruv tizimosti(sub’ekti); 
2. Boshqariladigan tizimosti (ob’yekt). (10.2- rasmga qarang). 
Iqtisodiy tizimosti quyidagilarga bo
’linadi: 
1. Asosiy fondlar: 


144 
Boshqariladigan 
ob’yekt 
a) Faol (aktiv) qismi, bunga quyidagilar kiradi: 
- mashina va uskunalar; 
- texnologik naqliyot; 
- uzatuvchi moslamalar; 
- asbob-uskunalar, xo
’jalik jihozlari. 
b) Passiv qismi: 
- ishlab chiqarish, omborxona, xizmat ko
’rsatish, ma’muriy binolar va 
inshootlar. 
2. Aylanma mablag
’lar - bu korxona ixtiyorida turuvchi mahsulotni 
tayyorlash jarayonida sarflanadigan va mahsulotni sotganidan so
’ng korxonaga 
qaytariladigan moliyaviy mablag
'lar. 
10.2-rasmda boshqarish tizimining eng oddiy ko
’rinishi berilgan. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling