O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
Oddiy jarayon – texnologik bog’langan ishchi operatsiyalar yig’indisi
(jamlanmasi) bo’lib, ular aynan bir xil ijrochilar tomonidan bajariladi (poydevor bloklarini montaj qilish, svoylar qoqish va h.k.). Kompleks jarayon – texnologik va tashkiliy jihatdan bog’liq bo’lgan oddiy jarayonlar yig’indisi (jamlanmasi) bo’lib, ular tayyor mahsulot yagonaligi bilan uzviy bog’langandir. Masalan, kompleks jarayon – bu quyma (monolit) temirbeton poydevorni qurish bu esa o’z navbatida quyida ko’rsatilgan oddiy jarayonlardan iborat: qoliplar (opalubkalar)ni o’rnatish, armaturalarni montaj qilish, beton quyish, betonni parvarishlash. Qurilish ishlari – qurilish jarayonlarining yig’indisi, bu jarayonlarning bajarilishi natijasida qurilish mahsulotining ma’lum bir turi yaratiladi. Ularni qullaniladigan materiallar (er ishlari, g’isht terish va h.k.); tiklanayotgan konstruktiv elementlar (svayli, tom yopilmasi va h.k.); bajarilayotgan jarayonlar (montaj ishlari, transport ishlari va h.k.) bo’yicha nomlash mumkin. Qurilish ishlari umum qurilish ishlari (er ishlari, svaylar qoqish, g’isht terish, beton quyish va boshqalar) va maxsusishlar (santexnika ishlari, elektromontaj ishlari, texnologik jihozlarni montaj qilish va h.k.) ga bo’linadi. Umumqurilish ishlari qurilish korxonalari (tashkilotlari, firmalari) tomonidan bajarilsa maxsus ishlar esa ixtisoslashgan korxonalar (tashkilotlar, firmalar) tomonidan amalga oshiriladi. 11.2. Qurilish korxonalari ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalari 159 Qurilish ishlab chiqarishida korxonalar (tashkilotlar, firmalar)ga birlashgan turli jamoalar faoliyat yuritadi. Bunda ular ma’lum bir ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlar orqali birlashadilar. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi sanoat ishlab chiqarishiga tegishli bo’lgan barcha xususiyatlar qurilishga ham tegishlidir. Biroq u bir qator o’ziga xos jihatlar va xususiyatlarga ham ega. Ishlab chiqarish jarayonida qurilish mahsuloti ko’chmas mulk bo’lsa, mehnat qurollari va predmetlari esa ko’chuvchan bo’ladi. Qurilish ochiq havoda, turli iqlimiy va tabiiy sharoitlarda, har xil muddatlarda olib boriladi (bir necha oylardan boshlab to bir necha yillar davom etadi). Qurilish unda bajariladigan jarayonlar tashqi omillar bilan bog’liqligi sababli boshqa sohalardan keskin farq qiladi. Qurilishda asosiy, yordamchi va tashqi yordam ko’rsatuvchi korxonalar, shuningdek, qurilish korxonasi (tashkiloti, firma) tarkibiga kiruvchi uchastkalar, tsexlar, xo’jaliklar, bo’limlar faoliyat yuritadi. Ular 11.1-rasmda ko’rsatilgan korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil etadi. Korxona (qurilish tashkiloti, firmasi) tashkiliy tuzilmasi – bu menejment tizimini yaratish va uning faoliyatini koordinatsiyalash, berilgan dastur (beznes reja)ni bajarish bo’yicha boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug’unllanuvchi bo’limlar va xizmatlar yig’indisidir. Qurilish tashkilotlarining zamonaviy tashkiliy tuzilmalari bajariladigan qurilish-montaj ishlari (QMI) hajmi va qurilish ob’ektlarining hududiy joylashganligiga bog’liq ravishda ko’plab turli shakl(modifikatsiya)larga ega. Ular quyidagi belgilar bo’yicha turkumlanadi: - shartnomaviy kelishuvlar (kontrakt) tavsifi bo’yicha bosh pudratchi va subpudratchi korxonalar; - bajariladigan ish turlari bo’yicha asosiy umumqurilish ishlari (er ishlari, beton quyish, konstruktsiyalarni montaj qilish va h.k.) ni bajaruvchi umumqurilish 160 korxonalari, bir xil turdagi yoki bir jinsli ishlar kompleksi (pardozlash, tom yopish, elektromontaj, santexnika) ni bajaruvchi ixtisoslashgan korxonalar. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling