O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
- energetika resurslariga bo’lgan ehtiyoj va ularni himoyalash (qoplash, yopish) bo’yicha yechimlar; -
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- energetika resurslariga bo’lgan ehtiyoj va ularni himoyalash (qoplash,
yopish) bo’yicha yechimlar; - materiallar, buyumlar, konstruktsiyalar va jihozlarni qurilish maydonida, binolar va inshootlarda saqlay olishga va ularning o’g’irlanishini bartaraf etishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar. Texnologik kartalar qurilish jarayonlarini ilmiy tashkil etishning asosi hisoblanadi. Ular qurilish sohasida to’plangan ilg’or tajribalarni hisobga olgan holda amaldagi me’yorlar (QMQ, Davlat standartlari (DSt), instruksiyalar) asosida ishlab chiqiladi. Bino va inshootlarning tipli konstruktiv yechimlari asosida joydagi (mahalliy) sharoitlarga bog’langan (moslashtirilgan) tipli texnologik kartalari ishlab chiqariladi. Texnologik karta tuzilmasi quyidagi bo’limlardan tashkil topadi. 1. “Qo’llanish sohasi” bino va inshootlar konstruktiv elementlarining xarakteristikalarini, jarayonlarning turlari va ularning tarkibini, ishlab chiqarish 156 sharoitlarini o’z ichiga oladi. 2. “Ishlarning bajarilishini tashkil etish va uning texnologiyasi” asosiy deb hisoblanadi va quyidagilarni: tayyorgarlik ishlarining tugallanganlik talablari mashina va jihozlarning tavsiya etilayotgan tarkibi, konstruktiv elementlarning sxemasini va kopmleks mexanizatsiyalashtirish hamda mashina va jihozlarni joylashtirish sxemalarini, konstruktiv qismi elementlarini o’rnatish bo’yicha texnologik sxemalarni, materiallar va konstruktsiyalarni joylashtirish (yopiq va ochiq omborxonalarda saqlash) sxemasini o’z tarkibiga kiritadigan grafik material, ishlarni ishlab chiqish va brigadalar tarkiblari bo’yicha tavsiyalarni o’z tarkibiga kiritadi. 3. “Sifatga va qabul qilishga qo’yiladigan talablar” nazorat sxemasini yoki ishlarning sifatini baholash va nazorat qilishni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalarni (jadval shaklida) o’z tarkibiga kiritadi. 4. “Mehnatning mashina vaqti sarfining va ish haqining kalkulyatsiyasi”. 5. “Ishlarni ishlab chiqish grafigi” mehnat sarfining kalkulyatsiyasi ma’lumotlaridan foydalangan holda tuziladi. 6. “Moddiy-texnika resurslari” yoki “Moddiy-texnik resurslar”. 7. “Texnika xavfsizligi” bo’yicha loyihaviy yechimlari QMQ, ShNQ va boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslangan texnologik kartalar va jarayonlarga tegishli bo’lgan konkret chora-tadbirlar va qoidalarni talab etadi. 8. “Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar” tayyor, ya’ni tugallagan mahsulotning qabul qilingan o’lcham birligida ishlarni ishlab chiqish grafigi va mehnat sarflari ma’lumotlari bo’yicha tuzildi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilarni: ishchilar mehnatining me’yoriy sarflari yig’indisi, kishi-soatlar; mashina vaqtining me’yoriy sarflari yig’indisi, mashina- soatlar; ishchilarning ish haqi summasi, so’m; mexanizatorning ish haqi summasi, so’m; grafik bo’yicha ishning davomiyligi, smenalar; smenada bir nafar ishchining ishlab chiqarish unumdorligi, bu yakuniy tayyor mahsulot ko’rsatkichining kishi- smenalardagi me’yoriy mehnat sarfiga bo’linganligi bilan aniqlanadi; mexanizatsiyalashga sarflanadigan xarajatlar, so’m; ishchilar ish haqi va 157 mexanizatsiyalashtirishga sarflanadigan xarajatlarning yig’indisi bilan aniqlaniladigan o’zgaruvchan sarf-xarajatlar, so’m. Texnologik kartalar binolar va inshootlarning ma’lum tiplari uchun o’z vaqtida texnologik me’yorlarni ishlab chiqish, qurilish jarayonlarining ketma- ketligini, qo’llaniladigan mexanizatsiya vositalarini, brigadalar tarkibini va ularning mehnatini tashkil etish imkonini beradi. Ishlab chiqarish jarayonini har qanday ishlab chiqarishning mohiyati deb hisoblash mumkin. Qurilish maydonida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini qurilish jarayonlari deb atashadi (masalan, issiqxonani montaj qilish, ekskavator yordamida kotlovanni qazish va h.k.). qurilish jarayonlarini ketma-ket bajarish natijasida binolar va inshootlar deb ataladigan qurilish mahsuloti yaratiladi. Qurilish jarayonini o’rganish orqali ularning texnologik belgilari bo’yicha tayyorlash, transport va montaj-o’rnatishlar bo’yicha turkumlash mumkin. Tayyorlash jarayonlari: ixtisoslashtirilgan korxonalarda va qurilish maydonlari (ob’ekt oldidagi beton qorish qurilmalari, ko’chma bitum siquvchi agregatlar va boshqa shu kabilar)da qurilish materiallarini, yarim fabrikatlar (qurilish konstruktsiyalari, qorishmalar va hakozalar)ni tayyorlash. Transport jarayonlari: qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini qurilish maydoniga yetkazish va ularni bevosita ish joylariga o’zatishdan iborat. Montaj-o’rnatish jarayonlari bevosita qurilayotgan ob’ektda amalga oshiriladi. Ular o’zining mo’ljallanishiga (vazifasiga) ko’ra qurilish mahsulotini yaratuvchi asosiy jarayon (g’isht terish, konstruktsiyalarni montaj qilish va h.k.), tayyorlash jarayonlari (yuzalarni ya’ni sirtlarni bo’yashga tayyorlash, montaj oldidan konstruktsiyalarni yig’ish) va yordamchi jarayonlar (oyoq osti ko’priklarini o’rnatish, opalubkalar tayyorlash va h.k.). Texnologiyasining xususiyati(spetsifikatsiyasi)ga bog’liq ravishda montaj- o’rnatish ish lari quyidagilarga yetakchi (asosiy) va qo’shma jarayonlarga bo’linadi. Texnologik ketma-ketlik va qurilish mahsulotini tayyorlash muddatini aniqlaydigan jarayonlar yetakchi jarayonlar deb atalsa, ular bilan parallel ravishda 158 bajariladigan jarayonlarni esa qo’shma jarayonlar deb atash qabul qilingan. Jarayonlarni qo’shish qurilish muddatini qisqartirishga sharoit yaratadi. Shuningdek qurilish jarayonlari mehnatning bajarilish usuliga ko’ra ham quyidagilarga ajratiladi: qo’lda bajariladigan jarayonlar, mexanizatsiyalashgan jarayonlar, kompleks-mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan jarayonlar. Qurilish jarayonlari tashkil etilishining murakkablik darajasi bo’yicha oddiy va kompleks (murakkab) jarayonlarga bo’linadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling