O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 - rasm. Korxona (qurilish tashkiloti, firmasi)ning ishlab chiqarish


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

 
11.1 - rasm. Korxona (qurilish tashkiloti, firmasi)ning ishlab chiqarish 
tuzilmasi 
Shuningdek, qurilish turi bo’yicha sanoat, turar joy, transport va qishloq 
xo’jaligi qurilish bo’yicha ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari ham faoliyat 
yuritadi.
Faoliyat yuritish tumani bo’yicha ular yirik, shahar tipidagi va hududiy
qurilish tashkilotlariga bo’linadi. Yirik qurilish tashkilotlari katta ob’ektlarda bitta 
qurilish maydoni chegarasida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun yaratiladi. 
Ularning tarkibiga qurilish uchastkalari kiradi. Shahar va mintaqaviy(regional) 
tipdagi qurilish tashkilotlari (korxonalari) bitta shahar yoki region chegarasida 
qurilish ishlarini olib boradi. Qurilish tashkilotlari (korxonalari) ixtisoslashtirilgan 
bo’lib, ular mamlakatning turli hudularida qurilish-montaj ishlarini bajaradi. 
Korxona 
(qurilish tashkiloti, firma) 
Asosiy qurilish montaj 
va tayyorlash 
jarayonlarini bajaruvchi 
korxonalar, uchastkalar, 
brigadalar va zvenolar
Yordamchi texnologik 
jarayonlarni bajaruvchi 
korxonalar, tsexlar, 
uchastkalar
Xizmat ko’rsatuvchi 
jarayonlarni bajaruvchi 
korxonalar, xo’jaliklar, 
bo’limlar
Qurilish-
montaj 
korxonalari
uchastkalari, 
brigadalari,
zvenolar 
Yig’uvchi 
korxona-
lar
Tayyorlov-
chi kor-
xonalar va 
h.k. 
Ixtisos-
lashgan 
korxona-
lar
Ta’mirlash 
mexanik 
ishlarni 
bajaruvchila

Energetika 
korxonalari
Vaqtincha 
issiqlik 
bilan 
ta’minlash 
Vaqtincha 
suv va oqava 
suv
ta’minoti
Transport 
Nazorat 
Omborxona
Mehnatni 
muhofaza 
qilish


161 
Ularni ishchilar soniga ko’ra kichik, o’rta va yirik tashkilotlarga ajratish 
mumkin. Kichik qurilish tashkilotlari va korxonalarida 100 ga yaqin, o’rta qurilish 
tashkilotlari va korxonalarida 100-500 nafar, yiriklarida esa 500 va undan ko’p 
ishchilar mehnat qiladi. 
Korxona (tashkilot, firma) tashkiliy tuzilmasi turli modellarga ega bo’ladi. 
Korxona (tashkilot, firma)ga boshqaruvchi rahbarlik qiladi va u ishlab chiqarish-
xo’jalik faoliyatining natijalariga javob beradi (mas’ul va javobgar shaxs). 
Korxona (tashkilot, firma)ning ish hajmlariga bog’liq ravishda u birinchi 
o’rinbosaridan tashqari yana 3 nafar o’rinbosar va bosh injenerga ega bo’lishi 
mumkin. Bosh muhandis(injener) texnik siyosatning olib borilishiga va qurilish 
ishlab chiqarishning to’g’ri tashkil etilishiga, fan-texnika taraqqiyoti yutug’larining 
amalda tadbiq etilishiga javob beradi. 
Korxona (tashkilot, firma) boshqaruvchisining o’rinbosarlari moddiy-
texnika ta’minoti, tashkilotdagi iqtisodiy ishlarga va ishchilarning moddiy-maishiy 
ta’minoti uchun javobgardirlar. Korxona (tashkilot, firma) bo’limlari tegishli 
boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish bilan qurilish ishlab chiqarishi 
topshiriqlarini bajarish uchun sharoitlar yaratish bo’yicha ishlar tashkil qiladi. 
Kichik qurilish tashkilotlari (korxonalari)ni boshqarish yagona boshqaruv va 
mehnat jamoasining o’z-o’zini boshqarish printsip (tamoyil) larini uyg’unlashtirish 
(muvofiqlashtirish) asosida amalga oshiriladi. Yagona boshqaruv korxona 
(tashkilot, firma) muassisi tomonidan tayinlangan direktorning tashkilotga 
rahbarlik qilishiga asoslanadi.
Kichik korxona (tashkilot)ni boshqarish tuzilmasi 11.2-rasmda ko’rsatilgan. 
Boshqaruvni (kengashni) saylaydigan umumiy yig’ilish (majlis) o’zini-o’zi 
boshqarish organi deb hisoblanadi. 
Kichik qurilish korxonasi (tashkiloti)
Bosh muhandis 
(injener) 
Bosh iqtisodchi 
Direktor 
o’rinbosari 
(ta’minot bo’yicha 
boshliq) 


162 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling