O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Asosiy vositalar; the main means; основным средством


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Asosiy vositalar; the main means; основным средством; korxona 
tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab 
chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy 
va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun 
tutib turiladigan moddiy aktivlar. 
Avans; prepaid expense; aвaнс; korxonaning bajariladigan ish, yetkazib 
beriladigan mol-mulk, ko‘rsatiladigan xizmatlar va boshqalar uchun to‘lanadigan 
to‘lovlar hisobiga beradigan dastlabki pul summasi. 
Aylanma vedomostlar; negotiable statement; оборотнaя ведомость; 
buxgalteriya hisobi schyotlarining hisob registrlari ma’lumotlarini umumlashtirish 
usuli. Aylanma vedomostlar schyotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‘i 
hamda oy bo‘yicha aylanma ma’lumotlarga asosan oy oxirida tuziladi, aylanma 
vedomostlar sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Aylanma 
vedomostda uch juftxonalar mavjud bo‘lib, ularda har bir schyot bo‘yicha oy 
boshiga qoldiq, oy aylanmalari va oy oxiriga qolgan qoldiq ko‘rsatiladi. Aylanma 


374 
vedomostdagi o‘zaro tenglik debet va kredit aylanmalari registratsiya jurnalining 
jamiga ham teng bo‘lishi kerak. Aylanma vedomostning schyotlar bo‘yicha 
qoldiqlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi. 
Baho; price; ценa; tovar qiymatining pul ko‘rinishida ifodalanishi 
Baholash; valuation; оценкa; xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va 
xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir. 
Balans; balance; бaлaнс; doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan 
holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat 
bo‘lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani 
ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab 
chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar 
balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, 
savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling