O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Debet; debit; дебет; buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv 
schyotlarning debeti bo‘yicha hisob ob’yektining ko‘payishi aks ettiriladi, passiv 
schyotlarning debeti bo‘yicha esa kamayishi yoziladi. 
Depozit sertifikati; certificate of deposit; депозитный сертификaт; 
ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan shaxslarga bu haqda 
tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi. 
Dividend; the dividend; дивиденд; aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir 
qismi bo‘lib, aktsiyadorlar o‘rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga 
ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni va boshqa 
to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi. 
Ehtiyotkorlik; 
foresight; 
предвидение; qarorlar qabul qilishda 
ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, 
majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik 
maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir. 
Funktsiya; function; функция; lot. functio — bajarish, amalga oshirish) 
(tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani 
bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha 


378 
sathlaridauning birliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik yoki munosabatlar. 
Hisob; account; счет; biror narsa mavjudligini belgilash, uni o‘lchash va 
son hamda sifat tomonidan qayd etish 
Hisob siyosati; accounting policy; учетнaя политикa; bu buxgalteriya 
hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt 
qo‘llaydigan usullarning jamlamasidir. 
Hujjat aylanishi; flow of documents; документооборот; hisob 
jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtida ularni arxivga topshirishgacha bo‘lgan 
hujjatlar harakati. Korxonalarning xo‘jalik bo‘limlari (boshqaruv bo‘limi, ishlab 
chiqarish sexi, uchastka, brigada va h.k.) da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga 
topshiriladi. U yerda shaklan va mazmunan tekshiriladi, bir xillik belgilariga qarab 
guruhlanadi va hisob registrlariga yozilgandan so‘ng papkalarga tikilib, turli 
ma’lumotlar berish va turli tekshirishlar uchun foydalaniladi. Ilmiy – tarixiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi, qolganlari yo‘q 
qilinadi. Har bir korxonada hujjatlarni tuzish kimga yuklatilganligi, kim kimga 
qaysi muddatda hujjatlarni taqdim etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi
ko‘rsatiladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling