379
qisman yoki to‘liq ozod etishdir.
Inventarizatsiya ; inventory of; инвентaризaция; natura
shaklidagi
mavjud mablag‘lar haqiqiysining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga to‘g‘ri
kelishini, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish usuli. U
buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari ishonchliligini va korxona mulki butligini
ta’minlaydi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, shu jumladan
asosiy faoliyati byudjet
mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda
moliyaviy
majburiyatlarni
inventarizatsiya
qilish
va
uning
natijalarini
rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 19-Buxgalteriya
hisobi
milliy standarti “Inventarizatsiya qilishni tashkil etish va o‘tkazish” bilan tartibga
solinadi. Rejali va rejadan tashqari inventarizatsiya ham bo‘lishi mumkin. Rejali
inventarizatsiya yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkaziladi,
rejadan
tashqarisi zaruriyat tug‘ilishiga qarab, odatda to‘satdan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: