O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Schyotlarning aylanmalari; turnover of accounts; обороты счётов


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Schyotlarning aylanmalari; turnover of accounts; обороты счётов; 
buxgalteriya hisobi schyotlarning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar jami. Ular 
tegishli ravishda debet va kredit aylanmalari deyiladi. Aylanmalar har oyning 
oxirida jamlab chiqiladi. Aktiv schyotlar bo‘yicha debet aylanma oy davomida 
hisob ob’yekti ko‘payishini, passiv schyotlar bo‘yicha - kamayishini anglatadi. 
Kredit aylanma aktiv schyotlar bo‘yicha oy davomida hisob ob’yekti kamayishini, 
passiv schyotlar bo‘yicha – ko‘payishini ko‘rsatadi. Schyotning qoldig‘ini 
chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kerak. 
Sintetik hisob; synthetic accounting; синтетический учет; – pul 
o‘lchovida umumiy ko‘rsatkichlarni beruvchi hisob. Bunday ko‘rsatkichlar sintetik 
schyotlarda bo‘lib, ular mavjud mablag‘lar hamda ularning manbalari va harakati 
(asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, 
g‘aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, ustav kapitali va h.k.) 
to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur. Sintetik hisob 
ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi.
Sintetik hisob schyotlari; synthetic accounting accounts; счеты 
синтетического учетa ; sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya hisobi 
schyotlari sintetik hisob schyotlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy 
schyotlarning ko‘rsatkichlari detallashtirilmaydi va ular bo‘yicha analitik hisob 
yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning ko‘rsatkichlari, zarur bo‘lgan hollarda
analitik hisobda detallashtiriladi. Sintetik schyotlarning ro‘yhati schyotlar rejasida 
keltirilgan. Har bir sintetik schyot o‘zining shifri (nomeri)ga ega.
Sotish bahosi; selling price; ценa продaжи; talab va taklifdan kelib 
chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida kelishilgan baho. 
Statistik hisob; statistical account; стaтистический учет; ko‘plab 


387 
ijtimoiy voqealarning miqdoriy tomonlarini, ularni sifat tomonlari bilan uzviy 
boqliqligi, shuningdek ijtimoiy voqealarni aniq sharoitlar, joy va vaqtlarda 
rivojlanish qonuniyatini o‘rganuvchi ijtimoiy fan. Buning uchun turli statistika 
usullari qo‘llaniladi: statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, guruhlash, o‘rtacha 
kattalik va boshqalar. Shu bilan birga statistika tezkor va buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlaridan 
foydalaniladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
statistika 
ma’lumotlarini yig‘ish va ishlab chiqish bilan har bir viloyat va tumanlardagi 
davlat statistika organlari shug‘ullanadi. Bu organlarning barchasi yagona 
metodologiyasi asosida ish olib boradi va Davlat statistika qo‘mitasi boshchiligida
yagona tizimni tashkil etadi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling