O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Tayyor mahsulot; the finished product; готовый продукт


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Tayyor mahsulot; the finished product; готовый продукт; korxonaning 
texnik sharoit va belgilariga javob beruvchi to‘liq ishlab chiqarish natijasidagi 
mahsulot. 
Tezkor hisob; operational account; оперaционный учет; tezkor yoki 
operativ hisob xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida reja bajarilishi 
to‘g‘risidagi axborotlarni sistematik ravishda olib turish maqsadida ma’lum 
xo‘jalik muomalalarini bevosita joyida va ular amalga oshishi paytida ro‘yxatga 
olish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma’lumotlaridan xo‘jalik jarayonlari 
bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat qilish va boshqarish uchun 
foydalaniladi. Tezkor hisobning ko‘p ma’lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni 
boshqarish uchun foydalaniladi 
Tizimli 
yozuv; 
systematic 
records; 
системaтические зaписи; 
buxgalteriya hisobi schyotlarida xo‘jalik muomalalarini ma’lum tizimda 
registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo‘jalik muomalalarini bir xil iqtisodiy 
belgilariga qarab guruhlash amalga oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi 
ob’yektlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob 
registrlari (bosh daftar)da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr (jurnal-


389 
order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv 
ma’lumotlari bilan bog‘langan. 
To‘lov talabnomasi; application for payment; требовaние уплaты; 
hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol etkazib beruvchining (eksporter) yoki boshqa to‘lov 
oluvchining bank orqali aniq bir summani to‘lovchidan olish haqidagi talabi aks 
ettiriladi. 
To‘lov topshiriqnomasi; payment order; плaтежное поручение
to‘lovchining bankka yozma topshirig‘i bo‘lib, unda to‘lovchining hisobidan 
oluvchining hisobiga ma’lum bir pul mablag‘i summasini tkazish yuzasidan 
topshirig‘idir. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling