101
Demak, hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va
umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha xarakatidir.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak.
Hujjatlarni
mohiyatiga ko‘ra tekshirish deb, ularda aks ettirilgan xo‘jalik
muomalalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va qonuniyligini
aniqlashga aytiladi. Hujjatlarni tekshirishning quyidagi turlari mavjud:
16-rasm.
Hujjatlarni tekshirish turlari
Shaklan tekshirish deb hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirishlishi,
barcha
belgilangan rekvizitlarni to‘lg‘azilishi; xo‘jalik muomalasini amalga oshirish va
hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mas’ul shaxslarning imzolari;
xatolarni tuzatish
hollarida izohning mavjudligini tekshirishga aytiladi.
Bunday tekshirishdan so‘ng hujjatlar arifmetik tekshirishdan o‘tkaziladi.
Arifmetik tekshirishda jamlangan yig‘indilarning to‘g‘riligi, hamda miqdor,
sifat va summaviy ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aks ettirilganligi aniqlanadi. Birorta
yo‘l qo‘yilgan hato aniqlansa, hujjatlar ularni to‘lg‘azish
uchun javobgar
shaxslarga aniqlik kiritish uchun qaytariladi.
Qarama-qarshi tekshirish – bu bitta hujjatni boshqasi bilan taqqoslab
tekshirish. Masalan, ish haqi bo‘yicha hisoblashuv – to‘lov
vedomosti ish vaqtini
hisobga olish tabeli bilan; kassir hisoboti unga ilova qilingan kirim va chiqim
orderlari bilan va h.k.
Hujjatlar puxta tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng
qabul qilinadi va
buxgalteriyada ishlanadi.
Hujjatlarning tekshirilganligi va qabul qilinganligini buxgalter hujjatlarni
qabul qilish reestrining nusxasida o‘z
imzosi bilan tasdiqlaydi. Tekshirilgan va
Do'stlaringiz bilan baham: