O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Guruhlash
Taksirovka
Kontirovka
So’ndirish


103 
Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat o‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda 
vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish vaqtini hisobga olish 
tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblash. Hujjatlar taksirovka 
qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha 
kontirovka qilinishi kerak. Kontirovka qilish usullari buxgalteriya hisobining 
korxonada qo‘llaniladigan shakliga bog‘liq. 
Kontirovka – bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik muomalasining 
summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim bo‘lgan schyotlarning 
ko‘rsatilishi. Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki hujjatlarda maxsus joy 
ajratiladi (avans hisobotida, kirim va chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va 
boshqalar). 
Agar jamla hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida keltiriladi.
Hujjatlarni so‘ndirish – hujjatlarda ularning ishlatilganligi to‘g‘risida 
«olindi», «to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni bosish yo‘li bilan belgi 
qo‘yish.
Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida tezkor 
tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular schyotlarga yozilganidan so‘ng 
adashib qayta yozish yoki qandaydir suiste’mollarning oldini olish uchun joriy 
tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qo‘llanilsa, hujjatlarni 
buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgalteriyada) tegishli xos 
raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlarni pachkalarga komplektlashdan iborat 
bo‘ladi. 
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan 
hujjatni yana qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob 
registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga 
oshirilsa, ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi. 
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov 


104 
vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda yoki shtampda “olindi” 
yoki “to‘landi” degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart. 
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa 
korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish 
uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi. 
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va 
hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini 
oqilona tashkil etishdan iborat. hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida 
rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga 
ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi ma’sul, 
bajarilishga ma’sul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga ma’sul, 
kim keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim 
bajarishi, qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), 
hamda ro‘yxatni tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, 
korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi . 
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga 
taalluqli hujjatlarni tuzadi va takdim etadi. hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi, 
belgilangan, muddatda takdim etilishi , ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga 
javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi. 
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida 
bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi. 
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va 
balanslari arxivga topshirilishi majburiydir. 
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki 
korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs ma’sulligida bekitiladigan 
shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, 
metall shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga 


105 
taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib 
arxivga ma’lumotnoma bilan uzatiladi. 
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari 
bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar 
taxtlanmasligi mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish 
maqsadida tikib qo‘yiladi. 
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saklash 
ko‘rsatmasiga kura, o‘rnatiladi. 
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xoimlariga berilishi 
korxona bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud 
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan xollardagi 
qarorlariga asosan olinishi mumkin. hujjat olinishi bayonnoma bilan 
rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxona tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan 
beriladi. hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul xodim 
olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan 
muddati ko‘rsatilishi kerak. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling