O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

vazifalar bajarilmogi kerak: 
1. Dastlabki hujjatlarni har tomonlama tekshirish. 
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish. 
3. Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri 
aks ettirib chiqish. 
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida 
yozish. 
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks 
ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. 
Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks 
ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, 
hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq 
summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik. 
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki 
hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. Yozuvlarni aks ettirish talablari 


134 
shundaki, siyohli, ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan 
foydalanish zarur. 
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni 
o‘zgartirish oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi. 
Yozuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, 
mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin. 
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash 
mashinalari yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi. 
Buxgalteriya 
registrlaridagi 
yozuvlar 
ulardan 
necha 
nusxadan 
rasmiylashtirilishi ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi. 
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni 
har bir nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan 
(kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin. 
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, 
ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schyot-fakturalarni
nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni 
misol tariqasida keltirish mumkin. 
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar 
kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya 
xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling