O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
7.3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, ma’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin. Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin: 1. Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan. 2. Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan. 3. Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki 135 kam yozilgan. Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi. Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud: 1. “Korrektura” usuli. 2. “Qizil storno” usuli. 3. “Qo‘shimcha yozuv” usuli. Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib qo‘yiladi). Masalan: “Materiallar” schyoti buxgalteriya hisob reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan: 40000 (14.03.19) “to‘g‘rilanganligiga ishonilsin” (imzo). “Qizil storno” usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi. “Qizil storno” usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali to‘g‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami 136 summasidan ayirilishi kerak. Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi. Masalan: “Asosiy ishlab chiqarish” uchun ombordan material berildi 60000 so‘m. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi: Debet “Asosiy ishlab chiqarish”. Kredit “Materiallar”. Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks ettirilgani aniqlandi. Xato yozuvni bitta 0 ni o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. Demak, “qizil storno” usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 600 000–540 000 = 60 000. Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli, 600000 dan 540 000 ayirilishi shart. Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, “qo‘shimcha yozuv” usulidan foydalaniladi. Masalan, xodimga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad solig‘i ushlab qolindi. Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi: Debet 6710 Kredit 6410 Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi. 170 000 – 120 000 = 50 000. Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi kerak. Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli schyotlarga “qo‘shimcha yozuv” yoki “qizil yozuv” usuli orqali aks ettiriladi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling