O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli hisob registrlari
Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi
yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi. 130 Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi. Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi. Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur. Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur. Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur. Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan schyotlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi. Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi quyidagilardan iborat: Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi; Hisob ma’lumotlari saklanishi mustahkam ta’minlanganligi. Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini ko‘tishi kerak bo‘ladi. 131 Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi. Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga halaqit beradi. Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi: ikkinchidan, buxgalteriya daftarining xajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, undan foydalanishni sekinlashtiradi. Buxgalteriya daftarlarining hamma varaqlari ham hamma vaqt foydalanilaverilmaydi. Tuldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi. Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan. Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan shaklda ham bo‘ladi. Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday registrlarning afzalligi quyidagilardan iborat: Hisob ishlari ixchamlanadi. Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi. Xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan va kombinatsiyalashgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi. Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar xajmiga ikki turga ajratiladi. 1. Sintetik registrlar. 2. Analitik registrlar. Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi. Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga “Materiallar”, “Asosiy vositalar”, “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar” va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol 132 bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjat ham shaklan, ham mazmunan har tomonlama tekshirilgandan so‘ng qayta ishlanadi. Dastlabki xujjat ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi. Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi. Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir: dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi; dastlabki xujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi; ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani; dastlabki xujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi va qonuniyligi; tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish; buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish; hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish. Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya registrlari ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, 133 moliyaviy hisobot shakllari quyidagilardan iborat: 1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl; 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl; 3. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4 shakl; 4. Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl. Yuqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham korxonalar faoliyatini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda boshqarish uchun xizmat qiladi. Demak, korxona faoliyati haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan. Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirishini ahamiyati ham shundadir. Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan talablarni sanab utdik. Shu talablarga javob berish uchun esa quyidagi Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling