O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Глава 9. Принятие решений о доставке инновационной продукции


Download 337.32 Kb.
bet10/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Глава 9.

Принятие решений о доставке инновационной продукции







потребителям………………………………………………………...

137

9.1.

Методы продвижения инновационной продукции..........................

137

9.2.

Каналы продвижения инноваций на рынке потребительских







товаров………………………………………………………………..

145

9.3.

Личная коммуникация с потребителями при продвижении




инноваций 152
9.4. Реклама и анализ его эффективности 153
Вопросы для контроля и обсуждения 156
Тесты 157

Глосарий 183

Список использованной литературы 187

KIRISH


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini sezilarli darajada o’zgartirishni, ular faoliyatini bozor talablariga moslashtirishni talab qilmoqda.


Bozor raqobati sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini samarali rivojlanishini ta‘minlovchi innovatsion faoliyatni boshqarishga alohida e‘tibor qaratishni talab qilmoqda.
Innovatsion faoliyat bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning ilg’or shakli bo’lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlanishi uchun real imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili bo’lgan innovatsiyalarga ustuvor yo’nalish sifatida e‘tibor qaratilmoqda. Raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan turib, raqobatbardosh mamlakatni barpo etish, tarmoqni, tovarni yaratish bir muncha mushkuldir.
XXI asrning boshlarida sotuvchi va xaridor (iste‘molchi) o’rtasida uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish raqobatli ustunlikka aylanadi. 2017- yil 7- fevraldagi davlatimiz rahbarining Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish bo’yicha, ―...iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish‖1 ni ifodalovchi ustuvor yo’nalishi raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Raqobat kurashi sotuvni rag’batlantirish, marketing sohasiga, ya‘ni iste‘molchi bilan to’laqonli ishlashga o’tdi. Bunda innovatsion marketingdan samarali foydalanish talab etiladi.
Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish, kengaytirish va qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir. Innovatsion marketing texnologiyalarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ular




1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ―2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси‖ тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.
jismoniy jihatdan mavjud bo’lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an‘anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o’tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Bulardan kelib chiqqan holda dunyo bozorlariga chiqishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi.
Bozor sharoitida innovatsion faoliyatning tubdan farq qiluvchi tomoni, bu ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlariga emas, balki iste‘molchilar ehtiyojlariga yo’naltirilganlik hisoblanadi.
Umumiy holda ijtimoiy-yo’naltirilgan bozorni, maqsadi jamiyatning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo’lgan ishlab chiqaruvchi va iste‘molchining o’zaro munosabatlariga asoslangan ijtimoiy mahsulotni sotish tizimi sifatida qarash mumkin.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yangi mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqish bitta (yoki bir necha) firmalar miqyosiga jamlangandir. Innovatsiyalarga yo’naltirilmagan korxonalarni yangi dinamik muhitga kirishida, tabiiyki, ma‘lum bir mojarolar yuzaga keladi. Ushbu mojarolar yoki doimo tezkor tarzda real sharoitlarga moslashishni, yoki kelgusi o’zgarishlarni prognozlashtirish imkonini beruvchi o’ziga xos boshqarish mexanizmlarini shakllantirish va ularga muqobil bo’lgan harakat usullarini ya‘ni, innovatsiyalarni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Marketing korxonalarga iste‘molchilar ehtiyojlarini oldindan ko’ra bilish va iste‘molchilar ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 30-oktyabrdagi PF-5564-sonli ―Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojoantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Farmonida ko’rsatilishicha, ―ulgurji savdoning rivojlanishi, keyinchalik qayta ishlash uchun yarim tayyor mahsulotlarni va sanoat mahsulotlarini, ―biznes uchun - biznes‖ (V2V) tamoyili bo’yicha boshqa tovarlarnii etkazib berish tizimi darajasining pastligi xo’jalik yurituvchi subyektlar transaksiya xarajatlarining oshishiga va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini pasayishiga olib
kelmoqda ‖2. YUqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda, chakana va ulgurji savdo korxonalarida, xizmat ko’rsatish korxonalarida innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish bu faqat korxonada ishni tashkil etish va uni boshqarish emas, balki tovarlar yoki xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Yangiliklarni joriy etish iqtisodiy hayotdagi yanada muhim holat bo’lib bormoqda. Hozirgi tez o’zgaruvchan sharoitda korxonalar texnik o’zgarishlar bilan bir qatorda yoki ilgarida bo’lishlari va yangiliklarni muvaffaqiyatli tadbiq etishlari zarurdir.
Yangiliklarni joriy etish ularni dastlabki baholanishiga asoslanishi lozim. Bunday baholashning uslubiy asosini yaratish uchun birinchi navbatda jami innovatsion jarayonga ta‘sir etuvchi va pirovard natijada u yoki bu innovatsiyalarning samaradorligini belgilab beruvchi omillarning majmuasini aniqlash lozim.
Ushbu darslikda innovatsion marketingning mohiyati va mazmuni bo’yicha umumlashtirilgan yangi ilmiy-nazariy bilimlar, uslubiy tavsiyalar, innovatsion marketingning o’ziga xos xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari, shakllari, turlari hamda uni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish yo’llari va usullari, innovatsion marketingni rivojlantirishning konseptual yo’nalishlari aks ettirilgan.
Darslik ―Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)‖ ta‘lim yo’nalishi talabalari, magistrlari, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari, marketing sohasi bo’yicha keng kitobxonlar uchun mo’ljallangan.



2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 30 октябрдаги ПФ-5564-сонли ―Товар бозорларида савдони янада эркинлаштириш ва рақобатни ривожоантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги Фармони. -// Халқ сўзи, 2018 йил 31 октябрь, № 225 (7183).

  1. Download 337.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling