O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Xabar berishga oid kanallar (radio va televidenie)


Download 337.32 Kb.
bet73/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Xabar berishga oid kanallar (radio va televidenie). Xabar berishga oid kanallar dinamik, vaqt bo’yicha o’zgaradigan axborot uzatish xususiyati bilan ajralib turadi. Bu qatorga birinchi o’rinda radio va televidenie, jumladan, sun‘iy yo’ldoshli teleko’rsatuvlar va o’ziga xos bo’lgan kabelli radio kiradi.
Televidenie kommunikatsiyalar jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan ifodalash vositalari eng keng majmui bilan ajralib turadi. Barchaga ma‘lumki, axborotning katta qismini inson ongi ko’rish orqali qabul qiladi va televidenie, o’zining harakatlanayotgan rangli tasvirlarni ovoz (shuningdek, seterofonli yoki besh kanalli hajmli ovoz va telematn) jo’rligida uzatish imkoniyatlari bilan birgalikda vaqt birligida tomoshabinga eng ko’p hajmda ma‘lumot etkazishga qodir bo’lgan eng tez axborot uzatish kanali hisoblanadi.
Biroq barcha ustunliklar bilan birgalikda televidenie va xabar berishga oid boshqa kanallar ayrim jiddiy kamchiliklarga yoki to’g’riroq aytadigan bo’lsak, cheklovlarga ham ega bo’lib, ularni iste‘molchilar bilan kommunikatsiya kanallarini tanlashda hisobga olish zarur. Xabar berishga oid kanallarga xos bo’lgan xususiyat bu

  • uzatiladigan axborotning yozib olish imkoniyati bilan biroz yumshatilgan bo’lsada, lekin to’liq bartaraf qilinmaydigan lahzalik xarakterga egaligidir. Bu real vaqt rejimida signal faqat belgilangan vaqtda qabul qilinishi va agarda tomoshabin yoki tinglovchini shu paytda teleko’rsatuv yoki eshittirishdan nimadir, masalan, uy tashvishlari chalg’itgan bo’lsa, axborotning bir qismi uzil-kesil yo’qotilishi mumkinligini anglatadi. Namoyish etiladigan va eshittiriladigan dasturlarning lahzalik xarakteri xabar berishga oid kommunikatsiya kanallarini bosma nashrlarga nisbatan ishonchlilik darajasi pastroq qilib qo’yadi, vaholanki amaliyotda bu teleko’rsatuvlarning misli ko’rilmagan darajada ifodalash qobiliyati va

translyasiyalarning muhim joylarini ko’p martalab takrorlash imkoniyati bilan qoplanadi.
Xabar berishga oid kanallarini texnik xususiyatlardan tashqari odatda ushbu ayditoriyalarning bir qator psixologik va ijtimoiy xususiyatlari ham ajratib ko’rsatiladiki, ular faqat xabar berishga oid kanallarga xos bo’lgan maxsus usullardan foydalanishni talab qiladi.
Televidenie uchun ular uchun boshqa ko’rsatuvlar to’xtatib turiladigan yoki ko’rsatuvlar orasidagi pauzalar to’ldiriladigan reklama bloklari vaqtida ketma-ket keltiriladigan, 10 dan 30 sekundgacha davom etadigan reklama roliklari xarakterli.
E‘tiborliligi shundaki, tomoshabinlar qoidaga ko’ra bunday qisqa vaqt davomida reklama roligida berilayotgan axborot mohiyatini to’liq anglab ololmaydi. Iste‘molchilar uni eslab qolishi va ushbu xabarga reaksiya bildira boshlashi uchun reklama roligini bir necha marta takrorlash talab etiladi. Qoidaga ko’ra, televizion reklamani tanib olish, eslab qolish va unga reaksiya paydo bo’lishi uchun iste‘molchilarda bir necha haftadan bir necha oygacha vaqt ketadi va bu vaqt davomida reklama roligi tez-tez namoyish etib turilishi talab qilinadi. Bu holat reklama kompaniyasining kumulyativ samarasi nomini olgan. Xabar berishga oid kanallarning bu xususiyati reklama roligining bir marta namoyish etilishi maqsadga muvofiq emas qilib qo’yadi va reklama roliklari ko’p marta va tez-tez takrorlanishi tufayli televizion reklama kampaniyalari davomida ulkan xarajatlarga olib keladi.
Kumulyativ samaraning teskari tomoni ma‘lum vaqt o’tgach reklama roliklari berish tez-tezligini pasaytirish yoki ularni umuman to’xtatib qo’yish imkoniyati hisoblanadi. Teletomoshabinlar va radiotinglovchilar bu holatda birdaniga emas, balki biroz vaqt o’tgach reaksiya bildiradi, bu esa ushbu samaradan to’g’ri foydalanishda reklama kampaniyasi davomida mablag’larni tejab qolishga imkon beradi.
Radio orqali reklama ham o’ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Radioeshittirishlarni qabul qilishning asosiy psixologik xususiyati shundaki (umuman olganda, bu oxirgi paytlarda doimiy ravishda yoqilgan turadigan televizorlarga ham taalluqli) radioeshittirishlarning ayni paytda tinglovchi band bo’lgan boshqa faoliyat
uchun qandaydir bir fon ekanligi tufayli e‘tiborning pasayishi hisoblanadi. Radiotinglovchi o’z ishi bilan to’laligicha mashg’ul bo’lgan paytlarda umuman radioga e‘tibor bermay qo’yadi, psixologik jihatdan undan uzoqlashadi va bor e‘tiborini o’z ishiga qaratadi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling