O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi reklama)


Download 337.32 Kb.
bet74/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi reklama). Ko’chadagi reklama va tranzit reklama – shaklan xilma-xillik va rangba-ranglik darajasi eng yuqori reklama bo’lib, devordagi oddiy yozuvdan yirik shaharlarda yorug’lik reklamasi yorqin ranglari va ko’kda parvoz qilayotgan aeroplan tortib yuradigan transparantlargacha bo’lgan ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ularning barchasini shu narsa birlashtiradiki, barcha kommunikatsiya shakllari ko’chalar va avtomagistrallar bo’yicha harakatlanayotgan yo’lovchilar va haydovchilar uchun mo’ljallanadi.
Ko’cha reklamasi va tranzit reklamaning ifodalash vositalari qatoriga murojaatlar shakli va rangi, yorug’lik bezagi, o’lchamlar, shuningdek, eng oddiy harakat shakllari, masalan, transportdagi reklama, yorug’lik tablosidagi yuguruvchi satrlar yoki prizmatron turidagi qurilmalar kiradi.
Ko’cha reklamasi yoki tashqi reklama shaharlar va avtomagistrallarning belgilangan nuqtalarida, odatda mahalliy ma‘muriyat bilan kelishuvlarga muvofiq joylashtiriladi. Tranzit reklamasi ko’cha erklamasidan shu bilan farq qiladiki, u shaharlar va avtostradalar bo’yicha ko’chib yurmasdan, yo’lovchi va haydovchilar oldida harakatlanadi.
Ko‘rgazma va yarmarkalar. Ko’rgazma va yarmarkalar ilmiy hajmdor innovatsion mahsulotlarni siljitishda juda sezilarli rol o’ynaydi. Innovatsion firmaning ko’rgazma-yarmarka kabi tadbirda ishtirok etish maqsadi va texnologiyasini ko’rib chiqamiz.
Ko’rgazma bu – uning nomi qanday bo’lishidan qat‘i nazar, asosiy maqsadi ommani insoniyatda o’z ehtiyojlarini qondirish uchun mavjud bo’lgan vositalarni namoyish etish yo’li bilan, shuningdek, faoliyatning bitta yoki bir nechta sohalarida taraqqiyot maqsadlarida va kelgusi istiqbollardan xabardor qilishdan iborat bo’lgan namoyishdir.
Yarmarka bu – namunalarning xalqaro iqtisodiy ko’rgazmasi bo’lib, u nomlanishidan qat‘i nazar o’tkazilayotgan mamlakat urf-odatlariga muvofiq keng iste‘mol tovarlari va/yoki asbob-uskunalar yirik bozorini ifodalaydi, bitta joyning o’zida chegaralangan vaqt davomida belgilangan muddatlarda bo’lib o’tadi va unda eksponentlarga milliy va xalqaro miqyosda savdo bitimlari tuzish uchun o’z mahsulotlari namunalarini namoyish etishga ruxsat beriladi. Unda olib chiqqan holda savdo qilishga ruxsat etiladi.
Ko’rgazma va yarmarkalarning asosiy ustunliklaridan biri shuki, ularda qoidaga ko’ra turli mamlakatlardan turli ishlab chiqaruvchilarning juda ko’p sonli tovar namunalari mujassam topadi. Bu esa xaridorga qisqa vaqt ichida bozorda mavjud bo’lgan takliflar bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan zarur maslahatlar olish, narx va sifat tavsifnomalarini kerakli tarzda taqqoslash, muzokaralar o’tkazish, tijorat tshartlarini kelishib olish va nihoyat, shartnoma imzolash imkonini beradi. Bunad xaridor yangi mahsulot bilan ishchi ko’rinishda tanishish, u bilan ishlash usullarini, qo’llanish sohasi va samaradorligini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lib, bu mashina va asbob-uskunalar xarid qilishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko’rgazmada ishtirok etish eksponentlarga o’z korxonasining ham kommunikatsion, ham narx shakllantirish, ham sotuv, ham tovar siyosatini bir vaqtning o’zida amalga oshirish imkonini beradi. Marketing vositalaridan boshqa birontasi korxona va uning mahsulotlarini butun boricha to’liq namoyish etish va shu bilan bir paytda mijozlar bilan shaxsiy aloqalar o’rnatish imkoniyatini taqdim eta olmaydi.
Innovatsion mahsulotlarni siljitish bo’yicha bu ko’rgazmalarda tuziladigan asosiy tijorat bitimlari quyidagilardir:

    • shartnomalarning asosiy turi bu – tovarni kelgusida etkazib bergan holda namoyish etilayotgan namunalar (shuningdek, modellar, chizmalar va kataloglar) bo’yicha bitimlar;

    • bitimlarning boshqa turi bu – eksponatlarning o’zini: mashina va asbob- uskunalarni, uzoq muddat foydalaniladigan predmetlar va keng iste‘mol tovarlarining

ayrim turlarini sotishdir. Bunday bitimlar tuzishda xaridor xarid qilingan tovarni mos keluvchi ko’rgazma yoki yarmarka yopilganidan so’ng olib ketishi kelishib bolinadi.
Eksponentlarning aksariyati ko’rgazmada ishtirok etishni marketing siyosatining ajralmas bir tarkibiy qismi deb hisoblaydi. Marketing vositasi sifatida ko’rgazmalar korxona uchun marketing tadbirlari xarajatlarini optimallashtirishni anglatadi, chunki ko’p funksionalli ahamiyatga ega bo’ladi. Ko’rgazmalar, shuningdek, marketing strategiyasini shakllantirish uchun ko’plab zaruriy boshlang’ich nuqtalar berishi mumkin. Bu ko’rgazmalarning ayrim funksiyalariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, yanada aniqroq ma‘lum bo’ladi:
ko’rgazmalar maqsadli bozorlarning o’ziga xos ko’zgusi hisoblanadi; ko’rgazmalar yorqin, hayajonli hodisa hisoblanadi hamda potensial xaridorlar
va hamkorlarni o’ziga jalb qiladi;
ko’rgazmalar bozor haqida axborot to’plagna imkon beradi; ko’rgazmalar yangi bozorlarni yanada ochiqroq qiladi;
ko’rgazmalar narx va erishiladigan natijani to’g’ridan-to’g’ri taqqoslashga imkon beradi;
ko’rgazmalar intensiv axborot almashinishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, ko’rgazma yoki yarmarkada ishtirok etish haqidagi qaror ularni o’tkazish joyi, ehtimoliy auditoriya tarkibi, ko’rgazmaning tarmoqdagi nufuzi, tashkilotchilarning kerakli sharoitlarni ta‘minlash qobiliyati, ko’rgazma maydonlari qiymati, kutilayotgan qatnashchilar va ularning soni kabi mezonlar asosida qabul qilinadi.
Ushbu ko’rgazmada o’tgan yillar tajribasi (tuzilgan bitimlar soni), tashkilotchilar tomonidan o’tkazilgan tadbirlar (simpoziumlar va h.k.) va ularning natijalari bo’yicha ishbilarmonlik faolligi xarakteri hisobga olinadi.
Firmaning ko’rgazmada ishtirok etishi reklamasi ham u qatorga kiradigan qo’shimcha tadbirlar xarajatlari istalgan holda ham rejalashtirilgan bo’lishi lozim. Ko’rgazma tashkilotchilari reklamasi tashrif buyuruvchilarni faqat ko’rgazma hududiga olib keladi, eksponent reklamaci esa ularni yanada uzoqroq, korxona stendi tomon etaklaydi.
Eksponatlar namoyishi vizual axborot olishga imkon beradi, biroq ushbu tovarlar ustunliklarini amaliy o’zlashtirish vizual qabul qilingan axborotdan ustunlik qilishi va bevosita muloqotga olib kelishi lozi.
Ko’rgazmalar boshqa hech qaysi axborot vositalarida ko’rilmagan darajada maqsadli guruhlar ichida bevosita reaksiyaga olib keladi va bozorni tahlil qilish uchun to’g’ridan-to’g’ri dalillar beradi. Ko’rgazma hodisa sifatida belgilangan zamon va makon bilan bog’liq ekanligi sababli undagi muvaffaqiyat ham aniq o’lchanishi va baholanishi mumkin.



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling