O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva
Download 337.32 Kb.
|
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy axborot doimiy kanallar
Mahalliy tabiiy doimiy kanallarBu sizning sotuv obyektingiz bilan qiziqib qolgan odamlar tashrif buyuradigan joylar. Itlar uchun emak sotuvchi potensial xaridorlarni veterinariya shifoxonasi, itlarni sayr qildirish maydonlari, itlar uchun zanjir va arqonlar sotiladigan joylardan «ushlashi» lozim. U erlarga itlar haqida o’ylaydigan odamlar boradi. Mahalliy tabiiy tashkillashtirilgan kanallar Bu erda gap ularga tashrif buyuruvchilar bizga to’g’ri keladigan tashkillashtirilgan chora-tadbirlar haqida boradi: tematik ko’rgazmalar, bayramlar, shou, taqdimotlar, ochiq ma‘ruzalar, seminarlar... Itlar emagi sotuvchi uchun bu itlar ko’rgazmasi yoki masalan, itchilik klubidagi ma‘ruzalar bo’lishi mumkin. Mahalliy axborot doimiy kanallarBu erda esa gap faqat ayrim va obyektiv — tematik jurnal va gazetalarda (xuddi o’sha "tishlar" va "soch turmaklari") va tematik adabiyotlarda mavjud bo’lgan axborot manbalari haqida boradi. Mahalliy axborot tashkillashtirilgan kanallarTashkillashtirilgan mahalliy axborot kanallari sifatida tematik ma‘lumotnomalar, byulletenlar va gazetalarga ilovalarni keltirish mumkin. Masalan, «Yoqimli hordiq» nomli ilova quyosh nuridan saqlaydigan ko’zoynaklar, turistik agentliklar, turistik asbob-uskunalar ijarasi va h.k. siljitish uchun foydali bo’lishi mumkin. Asosiysi — mavzu bilan qiziqmagan kishi bunday katalogni qo’liga ham olmaydi. Shunday qilib, biz kommunikatsiyalarning aniqlik darajasi yuqori bo’lgan mo’ljalini ta‘minlaymiz. Xuddi shu bo’limga "maqola + reklama" usulini ham kiritish mumkin bo’lib, bunda reklama moduli mos keluvchi mavzudagi maqolaga biriktirib qo’yiladi. Masalan, sug’urtalash haqidagi maqola sug’urta kompaniyasining reklama moduli bilan birgalikda beriladi. Agar axborot «suvloq»larini o’ylab ichqadigan bo’lsak, avvalo, nimanidir unga sotish mo’ljallangan shaxs qaysi tematik materiallar ko’rib chiqishini tasavvur qilish zarur. Individual kanallar. Individual kanallar sanoat yo’nalishidagi tovarlarga yoki premium guruhidagi xalq iste‘moli tovarlariga, va, natijada, kolichestvennuyu kategoriyu "birlikning" miqdoriy toifasiga xizmat qiladi. Individual kanal orqali manzilli, nomi ko’rsatilgan axborot beriladi – bunda adresatning kimligi va uni qaerdan topish mumkinligi aniq bo’ladi. Barcha tijorat takliflari, telefon qo’ng’iroqlari va shaxsiy tashriflar individual kanallar toifasiga mansubdir. Kanalni tanlashda yana bir cheklov reklama kampaniyasining byudjeti hisoblanadi. Agar qolgan ko’rsatkichlar bo’yicha kanal sizga to’g’ri keladigan bo’lsa, yakuniy tanlov oxirgi, hal qiluvchi mezonni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Download 337.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling