O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsiyalarni siljitishda iste‟molchilar bilan shaxsiy muloqot


Download 337.32 Kb.
bet75/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsiyalarni siljitishda iste‟molchilar bilan shaxsiy muloqot


Shaxsiy muloqotlar – innovatsiyalarni siljitishning ajoyib, tabiiy kanalidir. Uning ustunliklari bevosita axborot jo’natuvchi va oluvchining muloqot qilishi, tez va ishonchli qaytuvchan aloqa mavjudligi, mazmunli axborotning ikki tomonlama harakatlanishi, xabarlarni kodlashning ko’plab tabiiy va ishonchli verbal va noverbal usullari foydalanilishidan iborat.


Potensial iste‘molchini sotuvda mavjud bo’lgan yangi mahsulot haqida xabardor qilib, uni xarid qilishni taklif etar ekan, sotuvchi innovatsion tovarni siljitishni osonroq boshqara oladi, chunki u javob tariqasidagi reaksiyani his etadi. Manfaatdor xaridor ham, o’z navbatida, qayta savol bergan va eng ushunarli bayon qilish shakllarini tanlagan holda kommunikatsion jarayonga ta‘sir ko’rsata oladi va shu tariqa ehtimoliy axborot shovqini darajasini pasaytiradi, yoki kerakli paytda ma‘noli savollar berib, suhbatdoshni o’z vazifasining uddasidan chiqishga yordam beradi. Kommunikatsiyalar jarayonida xaridor va sotuvchining bevosita shaxsan ishtirok etishi innovatsion tovarlarni eng samarali tarzda siljitishni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Shaxsiy siljitishlar real vaqt rejimida va ikkala ishtirokchi tomonlarning o’zaro aloqalari bilan ro’y berishi, ularning har bir o’z manfaatlarini himoya qilishi sababli qatnashchilardan nutq, imo-ishoralar, gavda turishi, harakat va boshqa noverbal belgilardan, shuningdek, dalillar, qarshi dalillar topish va murosaga kelishish uchun
aql-zakovatdan foydalanish talab etiladi. O’zining individual xususiyatlarini bilgan holda ko’pchilik jonli suhbatdan ko’ra o’zaro xat yozishuvlarni afzal ko’radi.
Ishbilarmonlik yozishmalari shaxsiy muloqotlardan shakli bo’yicha farq qiladi – xabarlar axborot ashuvchi vositaga yoziladi, javob tariqasidagi reaksiya darrov emas, balki ma‘lum vaqt o’tgach bildiriladi. Bu bir tomondan, yaxshiroq dalillar izlab topish uchun o’ylanishga vaqt beradi, biroq boshqa tomondan – shaklga nisbatan qattiqroq talablar qo’yadi. Bunday tashqari, ayrim kishilar o’z individual xususiyatlaridan kelib chiqib, imkon qadar yozishmalardan uzoqlashishga harakat qiladi.
Texnika taraqqiyoti doimiy ravishda muloqot va yozishmalar vositalarini takomillashtirib boradi (va bu yutuqlar tufayli doimiy ravishda tezlashib boradi). Ixtisoslashgan ko’rgazmalarda ko’rish mumkin bo’lgan, hozircha ekzotik sanalgan kommunikatsiyalar texnik imkoniyatlarini chetda qoldirib turadigan bo’lsak, zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuqori sifatli ichki va global telefon aloqasidan, tarmoq k‘ texnikasidan, internet va elektron pochtadan, yuqori sifatli bosma qurilmalardan, audio- va videotexnikadan, shuningdek, pochta va kurerlik xizmatlaridan foydalanishga borib taqaladi. Bu innovatsion mahsulotlarni siljitish va kommunikatsiya muammolarining katta qismini bartaraf qilish, shuningdek, doimiy ravishda ochilib kelayotgan yangi kommunikatsion imkoniyatlarni o’zlashtirish bilan bog’liq yangi, asosan psixologik innovatsiyalar yaratish uchun etarlidir.



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling