O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsiyalar sotuvini rag‘batlantirish usullari


Download 337.32 Kb.
bet77/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsiyalar sotuvini rag‘batlantirish usullari. Potensial mijozlar bilna aloqa kanallarining xilma-xil turlari mavjudnыmi klientami. Ularning doirasi – korxona yoki mahsulot imidjini shakllantirishi ko’zda tutilgan jamoatchilik bilan aloqalardan tortib to’g’ridan-to’g’ri sotuvni amalga oshirish maqsadida shaxsiy sotuvlargacha hisoblanadi.
Sotuvni rag’batlantirish – bozorning javob tariqasidagi harakatlarini tezlatishi ko’zda tutilgan, rag’batlantiruvchi ta‘sir ko’rsatish xarakteriga ega bo’lgan xilma-xil vositalardan foydalanishdir.
Yangi mahsulotni siljitishdan maqsad korxonani ham, mahsulotni ham potensial mijozga taqdim etishdan iborat.
Yangilikni siljitish bosqichida quyidagilar vazifalar hal etilishi lozim.
Siljitish mijozlarda korxonaning yangi mahsuloti haqida tasavvur shakllantirishga yordam beradi. Ko’pincha mijozlar amalga oshiradigan xaridlar asosan ishontirish elementiga bog’liq bo’ladi.
Korxona mos keluvchi mijozlar guruhiga yangi mahsulot haqida to’g’ri axborot etkazish haqida qayg’urishi lozim.
Korxona va uning mahsuloti haqida ijobiy tasavvur uyg’otilishi lozim. Agar
mijoz korxona yoki uning mahsuloti haqida ilgari hech narsa eshitmagan bo’lsa, uning bu korxona mahsulotini xarid qilish ehtimoli juda past bo’ladi. Xuddi shu holat mijoz korxona yoki uning mahsuloti haqida yomon tasavvurga ega bo’lgan hollarda ham ro’y beradi.
Firma uchun yangi bo’lgan uzoq muddat foydalaniladigan mahsulotni sotish samarali tizimini tanlash uchun ushbu mahsulot quyidagi toifalardan biriga kiritilgan bo’lishi lozim:
oddiy tovarlar – ularning sifati bevosita xarid payti tekshirib ko’rilishi mumkin;
«sinov tovarlari» – ularning sifati nisbatan uzoq bo’lmagan vaqomida foydalanishdan so’ng aniqlanadi (yoki xaridgacha – ko’rgazmalarda, sinov tariqasida foydalanishda tekshirib ko’rilishi mumkin);
«ishonch tovarlari» – ularning sifati juda qisqa vaqt davomida tekshirib ko’rish imkoni yo’qligi bilan tavsiflanadi.



Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling