O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Reklama va uning samaradorligi tahlili


Download 337.32 Kb.
bet76/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Reklama va uning samaradorligi tahlili


Innovatsiyalarni bozorga siljitish usullari o’ziga xosliklarga egadir. Reklama tadbirlari maksimal axborot berish xarakteriga ega bo’lishi lozim. Reklamaning eng muhim shakllari bu – reklama prospektlari va kataloglari, ixtisoslashgan jurnallardagi nashrlardir. Tovarni siljitishning samarali usullari sifatida o’quv seminarlari va ko’rgazmalarni ham ko’rsatish mumkin.


Iste‘molchi tovarni xarid qilishni istashi uchun uning mavjudligi va sifatlari
haqida bilishi lozim. «Ishlab chiqaruvchi – iste‘molchi» aloqa kanalini esa reklama ta‘minlaydi.
Reklama uni yaratishda inson psixikasining xususiyatlari hisobga olingan holdagina maqsadga erishadi. Reklamani qabul qilishning umum e‘tirof etilgan modeli sanalgan AIDMAmodel «e‘tibor - qiziqish - istak - motiv - harakat» zanjirini nazarda tutadi.
Reklamaning ta‘siri undagi reklama qilinayotgan mahsulot bahosiga ham, uning foydasiga xizmat qiladigan dalillarga ham bog’liq bo’ladi. Agar iste‘molchi bunday baholar va dalillarni topmasa, reklama ta‘siri ham susayadi. Dalillarni reklama qilinayotgan mahsulotning mahsulotini va ajralib turadigan xislatlarini mantiqiy ochib beradigan obyektiv dalillarga hamda ma‘lum bir hissiyotlar va tasvvurlar uyg’otadigan dalillarga ajratish mumkin. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, reklama quyidagi hollarda samarali bo’ladi:
mahsulot standartlashtirilgan; ko’plab yakuniy iste‘molchilar mavjud; qo’shimcha xizmat ko’rsatilishi muhim;
ishlab chiqaruvchi sotuvining katta qismini yangi mahsulotlar tashkil qiladi.
Umuman olganda reklama faoliyatida harakatlarning uchta asosiy guruhi mavjud:
axborot berish (mahsulot mavjudligi va sifatlari qanady ekanligi haqida xabardor qilish);
ishontirish (ijobiy hissiyotlar uyg’otish, tovarni tan olish pozitsiyasiini shakllantirish);
moyillikni qo’llab-quvvatlash (mavjud iste‘molchilarni kelusidagi sotuvlarning asosiy manbasi sifatida mustahkamlash).
Sanoat iste‘moli yo’nalishidagi innovatsion mahsulotlarni reklama qilish o’z xususiyatlariga ega. U ko’p jihatdan shaxsiy muloqotlarda amalga oshirilib, ko’p axborot talab etadi. Bu kampaniyalar uzoq vaqt davom etadi, reklama kampaniyalari byudjeti nisbatan kamroq (sotuv birligiga hisob-kitob qilganda). Kampaniya, qoidaga ko’ra, har bir xaridor tashkilotda xarid uchun javob beradigan tor doiradagi
shaxslarga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ta‘kidlash joizki, reklama ko’pincha yangi mahsulotni sotuvga keng taklif etishdan oldin keladi. Shuningdek, yangi mahsulot reklamasi iste‘molchilarni u bilan dastlabki tanishtirishning o’rnini olmasligi lozim. Aks holda reklama axborotga keragidan ortiq to’yingan va shu sababli samarasiz bo’ladi.
Hozirgi paytda ko’rgazma o’tkazishning yangi shakli – ko’rgazma-savdolar foydalanilmoqda. Bu erda tovarni magazinda, savdo markazida, ko’chada yangi tovarni sinab ko’rish uchun taqdim etgan holda namoyish qilish amalga oshirilmoqa. Tovar uni tabiiy qo’llash shaklida namoyish etiladi.
Internet tarmog’idan foydalanishning keng tarqalishi ko’rgazmalarning boshqa bir noan‘anaviy shakli – internet orqali ko’rgazmalar paydo bo’lishiga olib keldi. Bu ko’rgazmalar virtual reallik va multimedia vositalarni qo’llagan holda ishlab chiqiladi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling