O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Turli elektrostatik maydonlarning
Download 7.07 Mb.
|
Асанов Дауран БМИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr sig’im. Kondesatorlar. Elektr maydon Energiyasi
- Toklarning magnit maydoni. Amper qonuni
- Magnit maydon xossalari. Magnit maydon tenglamalar
- Bio – Savar – Laplas qonuni.
- Lorens kuchi. Amper qonuni. Xoll Effekti. Plazma
- Elektromagnit induksiya qonuni. Magnit energiya
- O’zgaruvchan tok qonunlari.
- Elektromagnit tebranishlar
- Elektr va magnit maydonlarning nisbiyligi. Maksvell tenglamalari.
- Elеktоgmаgnit to’lqinlаr
- Metallar va yarimo’tkazgichlar. Kontakt hodisalar
- Gaz va suyuqliklardagi Elektr toki
- Talabalar bilimini baholash tizimi
- Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan ball Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti
- II. Oraliq nazorat ballar taqsimoti 24 ball
- III. YAkuniy nazorat 30 ball Jami
- III.Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
- IY. Fan dasturning informatsion-uslubiy taminoti
- 2.2. Elektromagnetizm modulining ma’ruza matni
- Tayanch so’zlar va iboralar
- 1. Fizika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi haqida.
- Fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga ta’sir ko’rsatadi.
2.2. Elektromagnetizm modulining ma’ruza matni Umumiy fizika «Elektromagnetizm» predmetidan ta’lim texnologiyasi «Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza va seminarlarni o’qitish texnologiyasi» o’quv qo’llanmasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Ma’ruza rejasi: 1.Fizika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi haqida. 2.Fizik kattaliklar. Birliklar sistemasi. O’lchamliklar. 3.Lorens kuchi. Amper qonuni. Xoll effekti 4.Lorens kuchi va uni nisbiylik nazariyasidagi asoslanishi. 5. Xoll effekti. Tayanch so’zlar va iboralar: fizik kattaliklar, birliklar sistemasi, Lorens kuchi va magnit maydondagi zaryadli zarralarning harakati, bunday harakat tufayli Yerdagi va koinotdagi hodisalar, Zarralar sistemasiga ta’sir etuvchi kuch – Amper kuchi va Xoll effekti bayon etiladi.. 1. Fizika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi haqida. Fizika fani texnika bilan chambarchas bog’langan. Fizika va texnikaning bog’lanishi ikki tomonlama namoyon bo’ladi: Fizika-odamlar turmushining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Qadimda, mexanikaning rivojlanishiga to’qnashish va harbiy ehtiyojlar turtki bo’lgan. Shuningdek rus injeneri I.Pol’zunov (1728-1766) tomonidan uzluksiz ishlovchi bug’ mashinasining loyiha qilinishi, ingliz ixtirochisi D.Uatt tomonidan (1736-1819) universal bug’ dvigatelining yasalishi, bug’ mashinalari foydali ish koeffitsientini oshirish yo’llarini izlashni taqozo etgan. Natijada termodinamika jadal sur’atda rivojlangan. Fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Fizikada kashfiyotlar amalga oshirilgandan so’ng, ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar maydonga chiqishadi va fizika bilan chambarchas bog’langan yangi fanlar vujudga keladi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshida elektromagnit hodisalarga bog’liq ko’plab jarayonlar kashf etildi. L.Galvani (1737-1798) va A.Volta (1745-1827) lar tomonidan tok manbalari-galvanik elementlarining, M.Faradey (1791-1867) tomonidan elektromagnit induksiya hodisasining, A Popov(1857-1906) tomonidan radioning kashf qilinishi, nemis fizigi G.Gers (1857-1894) tomonidan elektromagnit to’lqinlar mavjudligining isbotlanishi elektrotexnika va radiotexnikaning rivojlanishiga olib keldi. Shuningdek atom va yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar atom energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Hozirgi paytda ko’plab atom elektr stantsiyalari, atom energiyasida ishlovchi muzyorar va suv osti kemalari ishlab turibdi. Yarim o’tkazgichlarning kashf qilinishi radio va elektron hisoblash texnikasida inqilobiy o’zgarishlarni amalga oshirdi. Zamonaviy televizorlar, komp’yuterlar, mobil telefonlar va boshqa vositalarning yaratilishiga asos bo’lib xizmat qildi. Kosmosning o’zlashtirilishi va undan amalda foydalanish esa dunyoning istalgan chekkasidan uzatilayotgan radio va televizion eshittirishlarni qabul qilish, simsiz so’zlashuv vositalarini yaratish imkonini vujudga keltirdi. Yarim o’tkazgichli fotoelementlarning yaratilishi sun’iy yo’ldoshlarni energiya bilan ta’minlashga, Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib, ekologik toza energiya olishga imkon yaratdi. Bunga o’xshash, insonning og’irini engillashtirishga xizmat qilayotgan fizik kashfiyotlarning natijalarini yana ko’plab keltirish mumkin. Fizika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini ifodalovchi quyidagi misolni ko’rib chiqamiz: Download 7.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling