O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Ekspert tizimilari : tajriba konsepsiyasi, arxitekturasi va


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

 
Ekspert tizimilari : tajriba konsepsiyasi, arxitekturasi va
avtomatlashtirilgan ish joyi
 
Ekspert tizimilari bugungi kunda faoliyatning turli fan sohalarida mashhur 
bo‗lgan intelektual amaliy tizimi keng sinfining bir qismi hisoblanadi. Intelektual
tizimlar ko‗proq murakkab konseptul vazifalarni echish uchun qo‗llanadi, bunda 
asosiy murakkablik– nazariyasi hamda amaliyotchi mutaxassislarning past 
shakllangan bilimidan foydalanishda yuzaga keladi. Bu masalan: favqulodda 
texnogen hodisalarda vaziyatni baholash, chuqur tafakkur qatlamlari bilan tabiiy til 
interpretatsiyasi, tibbiyotda murakkab tashxisni qo‗yish, meterologiya, iqtisod va 
hokazolarda uzoq muddatli prognozlardir. Intellektual tizimlar axborot tizimining 


198 
biznesda intelektual texnologiyalarini amalga oshiruvchi kengaygan sinfini hosil 
qildi (Business Intelligence — VI). 3.3.6-rasmda bunday tizimning umumiy 
sxemasi ko‗rsatilgan. 
3.3.6. –rasm. Intellektual 
axborot tizimining umumiy sxemasi 
Tajriba tahlili amalga oshirish imkoniyati – bu faqatgina muayyan bilimlar va 
mutaxassis malakasi borligi masalasi emas. Buning uchun g‗oyatda o‗ziga xos 
malaka va tajrib, intuitsiya va ushbu fan sohasidagi konkret vaziyatlardan chiqa 
olish qobiliyatiga ega bo‗lish kerak. Bularning barchasini formatlash,- amalga 
oshiriladigan mantiq darajasiga etkazish, dastur vositalari yordamida amalga 
oshirish - murakkab va ko‗p jihatli vazifalardir. So‗nggi vaqtlarda u sun‘iy intellekt 
Predmet soha 
Muammoli muhit 
KP
1
KP
2
... KP
k
 
Texnik vositalar 
Ma‘mur 
Interfeys va texnik vositalar 
Evristika quyi tizimiga ega bo‘lgan 
modellashtirish tizimi 
Amaliy dasturiy ta‘minot 
Tizimli-tarmoq 
dasturiy ta‘minoti 
Topshiriqlarni 
to‘ldirib borish 
tizimi 
Intellektual interfeys 
Muloqot tizimi 
 
Hisoblash tizimi 
Lingvistik 
tahlilchi 
Moslashuv  
bloki  
Dialog va boshqaruv bloki 
Umumiy sintez 
blogi 
Lingvistik 
sintezator 
MB 
BB 
MB 
KB 


199 
usullari (Artificial Intelligence — AI) va o‗zi o‗qiydigan tizimni yaratish asosida
hal etiladi. Bu sohada olib boriladigan izlanishlar fikrlash, sezgi, muayyan mahorat 
va to‗plangan tajribani talab etuvchi inson faoliyati sohalarini emulyasiya qilishga 
(taqlid qilish, takrorlash) qodir murakkab kompyuter majmuini qayta ishlash va 
joriy etishga yo‗naltirilgan. Ularga qaror qabul qilish, obrazlarni anglash va inson 
tilini tushunish hamda boshqa ko‗plab tushunchalarni kiradi.
Mustaqil o‗rganadigan axborot tizimlari – neyronlardan tashkil topgan asab 
to‗qimalari tuzilishiga o‗xshash arxitektura, tizimlar sinfidir. Eng quyi qatlamdagi 
neyronlarda kirish parametrlarining ko‗rsatkichlari berilgan, buning asosida ba‘zi 
qarorlarni qabul qilish, vaziyatning rivojlanishini prognoz qilish va hokazolar keltiriladi. 
Bu ko‗rsatkichlar son ko‗rsatikchlari (hajmi)dan kelib chiqib zaiflashib yoki 
kuchayib, neyronlararo aloqalarga qo‗shilib keyingi qatlamga uzatiladigan signal 
sifatida qaraladi. Natijada eng yuqori qatlamda neyron chiqishi uchun ayrim
ko‗rsatkichlar ishlab chiqiladi va kirish parametrlarining kiritilgan ko‗rsatkichlariga 
barcha tarmoqlarning reaksiyasi javob sifatida qaraladi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling