O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Biznes samaradorlikni boshqarish (BPM)


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Biznes samaradorlikni boshqarish (BPM).Zamonaviy biznesga natijaviy 
mahsulotni yaratish imkonini beruvchi turli operatsiyalar to‗plami zarur bo‗ladi. 
Bunday operatsiyalar majmuasining aniq bir ketma-ketlik asosida bajarilishi, o‗z 
navbatida, biznes-jarayonni tashkil etadi. Bu atama orqali miqdoriy o‗lchash 
mumkin bo‗lgan bir qator aniq masalalarni echish zarurati tushuniladi.
Bu masalalarni echish asosiy maqsadi avvaldan rejalashtirilgan natijaga o‗z 
vaqtida erishish bo‗lgan xodimlar hamda tizimlarning o‗zaro aloqadorligida 
amalga oshiradi.
Yangi hisob ochish, xizmat safarini rejalashtirish, shartnomalarni kelishib 
olish va hujjatlashtirish, salohiyatli mijoz\xaridorga buyurtma summasini hisoblab 
berish, byudjetlashtirish, smeta tuzish, ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarish, 
xizmatlar, tovarlarni yuklash – bularning barchasi biznes-jarayonlarga misol bo‗la 
oladi.
Biznes-jarayonlarni joriy etish - bajarilayotgan harakatlarning qat‘iy 
nazorati, boshqariluvchanlik va ijro mahsuldorligi hamda tezligini oshirishni 
ta‘minlashga imkon beruvchi texnologik echimdir. 
Kompyuter erasining boshlanishi biznes-jarayonlarni takomillashtirish 
yo‗nalishlarini smarali rivojlantirish imkonini berdi. Dastlabki davrda tashkilot 
resurslarini rejalashtirishga alohida e‘tibor qaratildi. Biznes-jarayonlarni 
boshqarish ishlab chiqarish, logistika, sotib olish, buxgalteriya kabi sohalarda keng 
ko‗lamda qo‗llanila boshlandi, bevosita savdo va marketing sohalarini 
avtomatlashtirish ishlari olib borildi. 
Keyingi navbatda etkazib beruvchi va mijozlar bilan o‗zaro munosabatlarni 
boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etila boshlandi. Hozirgi kunda 
biznes-jarayonlarini boshqarish (BPM) va kompaniyaning barcha (yoki qisman, 
asosiy) biznes-jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beruvchi 
kompyuter tizimlari faol joriy etilayotganligini kuzatish mumkin.
BPM tizimlari samaradorligini ahamiyatli darajada oshirish mumkin bo‗lgan 


226 
tarmoqlarda joriy etiladi. Ba‘zi bir jarayonlar tashkilotning bir nechta 
bo‗linmalarini o‗z ichiga olishi mumkin, ba‘zilari esa kompaniyaning yetkazib 
beruvchilar, biznes hamkorlar, mijozlar bilan o‗zaro munosabatlari natijasida 
paydo bo‗ladi. 
Mehnat unumdorligini oshirishda xodimlarni yollashdan buyurtmalarga 
ishlov berishgacha boʻlgan biznes-jarayonlar o‗ta muhim hisoblanadi. BPM 
biznes-jarayonlarni avtomatlashtiradi hamda tartibga soladi, faoliyatni samarali 
bajarilishi va mahsuldorlikka erishish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini qayta 
qurish, boshqarish va nazorat qilishni osonlashtiradi.
BPMdan samarali foydalanish uchun korxonalar jarayon natijalariga
e‘tiborini jalb qilishi va ishlab chiqarish oqimlarini jarayonning rejalashtirilgan 
natijalarini e‘tiborga olgan holda olib borishi kerak. Inson va kompyuter 
tomonidan bajarilayotgan masalalar bir-biridan farq qilmasligi kerak. BPM tizimi 
ob‘ektlar, masala va joyi o‗rtasidagi o‗zaro aloqani e‘tiborga oladi hamda ularni 
texnologik jarayonga moslashtiradi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling