O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-bosqich. Monitoring va ijro etilishini nazorat qilish


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

3-bosqich. Monitoring va ijro etilishini nazorat qilish. Korporativ 
boshqaruv siklidagi uchinchi bosqich byudjet rejalari bajarilishini monitoring 
qilish va nazorat qilishdan iborat. Boshqaruv buxgalteriya hisobi ob‘ektlari uchun 
haqiqiy qiymatlar boshlang‗ich ma‘lumotlar Omborida to‗plangan ma‘lumotlar 
asosida hisoblab chiqiladi. Rejalangan va erishilgan byudjet va KPI 
ko‗rsatkichlarini taqqoslash uchun OLAP texnologiyasiga asoslangan "reja-tahlil" 
tahlil vositalaridan foydalanadi. 
BPM-tizimlar monitoring va tahlilga nisbatan butun tashkilot darajalarida 
mos asosiy ko‗rsatkilarni qo‗llash bilan yakka va jamoaviy samaradorlikni 
baholashga imkon beradi, shuningdek, biron-bir harakatni qabul qilishiga yordam 
beruvchi qo‗shimcha axborotlarni taqdim etadi. 
Quyidagi komponentlarni o‗z ichiga oladi: 
− turli tranzaksion tizimlardan olingan ma‘lumotlarni birlashtirish, ko'p 
valyutali moliyaviy axborotni taqdim etish, guruh ichki operatsiyalarini bartaraf 
etish, kundalik yozuvlarni bajarish va moliyaviy hisobot kabilarni shakllantirish 
ilovalari;
− reja-haqiqat tahlili imkoniyatlari bilan umumlashgan transaksiya 
ma‘lumotlarini ko‗p o‗lchovli tahlilini amalga oshirish ilovalari; 
− reja yoki haqiqatdagi axborotlardan iborat bo‗lgan markazlashgan 


231 
ma‘lumotlar vitrinasini yaratish texnologiyalari; 
− o‗lchovli (metrik) monitoring va unga aloqador izohlar (asosiy indikator 
qiymatlarining maqbulligini aks ettiruvchi kartalarni hisobga olgan holda) yaratish 
ilovalari;
− korxona faoliyati sapmaradorligiga tegishli bo‗lgan hisobotlarni 
loyihalashtirish, yaratish, tahrirlash va tarqatish texnologiyalari; 
− ro‗yxat kartalaridan tortib detalli transaksiya ma‘lumotlarigacha bo‗lgan 
boshqaruv axborotlarining turli darajalarida so‗rov va hisobotlarni shakllantirish 
uchun ilovalar (drill down). 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling