O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Tarqatish (distribyutor) tarmog‗ining konfiguratsiyasi


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Tarqatish (distribyutor) tarmog‗ining konfiguratsiyasi: etkazib 
beruvchilarning soni, joylashuvi va etkazib beruvchilarning tarmoq vakili, ishlab 
chiqarish quvvati, tarqatish (distribyutorlik) markazlari, omborlar, tranzit yuk 
tushirish punktlari va iste‘molchilarni o‗z ichiga oladi. 


222 
Mahsulotni tarqatish strategiyasi: tezkor nazorat masalalari (masalan, 
markazlashtirilgan, markazlashmagan, hamkorlikdagi boshqaruv), etkazib berish 
chizmasi, yuklash usullari, zaxiralarni to‗ldirish strategiyasi va yuklash nazorati 
masalalarini o‗z ichiga oladi. 
Logistikani optimallashtirish: eng past logistik xarajatlarga erishish uchun 
taqsimlashning aniq koordinatsiyalarini. Faqat bitta yo‗nalishni optimallashtirish 
xarajatlarning umumiy hajmini oshirib yuborishi mumkin, shuning uchun 
logistikaga tizimli yondashish zarur. 
Yagona axborot makoni: jarayonlar integratsiyalashuvi barcha ta‘minlash 
zanjiri bo‗ylab o‗tishi kerak, bu bilan so‗rov signallari, prognozlar, xom-ashyo 
zaxiralari, yuklash va qo‗shma strategiyalarni o‗z ichiga olgan asosiy axborotlar 
umumlashmasini ta‘minlaydi. 
Moddiy-texnik ta‘minotni boshqarish: moddiy-texnik zaxiralar, xom-
ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarning soni va joylashuvini o‗z ichiga 
oladi. 
Naqd pul oqimlarini boshqarish: ta‘minlash zanjiri ishtirokchilari o‗rtasida 
to‗lov usullari, shart-sharoitlarni tashkil qilish. 
SCM etkazib berish zanjiri bilan bog‗liq bo‗lgan barcha biznes jarayonlarini 
nazorat qilish va etkazib beruvchilar bilan munosabatlarni boshqaraish logistik 
zanjirini amalga oshirish uchun foydalaniladigan vosita yoki modullarni 
birlashtiradi. Ko‗p hollarda SCM ERP va CRM tizimlari bilan integratsiyalashgan 
va etkazib berish zanjiriga ta‘sir etadigan ma‘lumotlarni ushbu tizimlardan oladi. 
Tashkilotlar, odatda, etkazib berish zanjiri boshqarish tizimini joriy etishdan 
avval ERP tizimini joriy etganda katta samaraga erishadi. Dastlabki davrda SCM 
tizimi ERP-tizimga bog‗liq bo‗lmagan bo‗lsada, hozirgi kunda bu qoida tubdan 
o‗zgargan. Internet tarmog‗ida ishlash imkoniyatiga ega bo‗lgan ERP tizimi bilan 
SCM tizimini integratsiyalashuvi etkazib berish zanjirida internet-resurslarning 
katta integrallashgan axborotlariga bo‗lgan ehtiyojning ortishida muhim 
ahamiyatga ega bo‗ldi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling