O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Aniq etkazib beruvchini tanlash
- 8. Manfaatdor tomonlarni habarlash
- Elektron tijorat uchun CRM-tizimlar
5. Mavjud tizimlarga integratsiya
Agarda tashkilotda boshqa jarayonlarni avtomatlashtirishga bog‗liq axborot tizimlari qo‗llanilgan bo‗lsa, u holda joriy etish rejasiga bu tizimlar bilan birlashtirish rejasi keltirilgan bo‗lishi kerak. 6. CRM-tizimlarni etkazib beruvchilarni tanlash CRM-tizim etkazib beruvchini tanlash uchun biznes talablarini (biznes- masala) bozorda taqdim etilayotgan CRM-tizimlar imkoniyati bilan solishtirb ko‗rish kerak bo‗ladi. Etkazib beruvchilarni tanlash navbatdagi bosqichi joriy etish va integratsiya reja va strategiyasini etkazib beruvchi ilovalari bilan solishtirishdan iborat bo‗ladi. Bu solishtirishlarga asoslanib ustuvor CRM etkazib beruvchilar ro‗yxati shakllantiriladi. 7. Aniq etkazib beruvchini tanlash CRM-tizimlar murakkab dasturiy mahsulot hisoblanadi. Etkazib beruvchini 216 tanlashda CRM-tizimlarga xizmat ko‗rsatish va texnik quvvatlash bilan bog‗liq bir qator omillarni e‘tiborga olish lozim. 8. Manfaatdor tomonlarni habarlash CRM-tizimlarni joriy etish iste‘molchilar bilan mavjud o‗zaro aloqadorlik jarayonlarini bajarish tartibi va qoidalarini o‗zgartirib yuboradi. Tizimni samarali faoliyat yuritishini ta‘minlash uchun manfaatdor tomonlarni ishlash qoidalari to‗g‗risida xabarlantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Foydalanuvchi tashkilot xodimlari tizim bilan ishlash ko‗nikmalariga ega bo‗lishi, mijoz, ta‘minotchi va hamkorlar CRMtizim bilan bog‗liq o‗zgarishlar va ishlash yangi qoidalari to‗g‗risida axborotlashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Elektron tijorat uchun CRM-tizimlar Elektron tijoratda qo‗llaniladigan CRM-tizimlar to‗g‗risida fikr yuritishdan avval bir nechta atamalarni aniqlab olish zarur bo‗ladi. Barcha zamonaviy CRM- tizimlar qaysi biznes sohasida ishga tushirilganligidan qat‘iy nazar qandaydir holatda internet-texnologiyalardan foydalanadi. Zamonaviy CRM-tizimlar Internet-tijorat sohasida ishlovchi kompaniya xodimiga OLAP-texnologiyalar yordamida mijoz to‗g‗risida zaruriy axborotlarni olishga va joriy lahza tartibida tahlil etishga imkon beradi. Shularga bog‗liq holda, ko‗p hollarda CRM-tizim ishlab chiquvchilar o‗z mahsuloti nomiga ―e‖ xarfini qo‗shib qo‗yadi. Ammo bu ―e‖- CRM tizimlarni elektron biznesga xech qanday aloqasi bo‗lmaydi. Bu erda eCRM-tizimlar to‗g‗risida so‗z borganda Internet-tijorat sohasida ishlovchi kompaniyalar foydalanadigan CRM-tizimlar to‗g‗risida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar oddiy CRM-tizimlarda barcha funksiyalarga ega bo‗ladi (eng foydali xaridorlarni aniqlash, mijozlar bo‗yicha axborotlarni yaqqol ko‗rinishda taqdim etilishi va shu kabilar), ular kompaniya Web-saytiga to‗liq integratsiya bo‗lishi xususiyatiga ega bo‗ladi – saytdagi barcha axborotlar CRM- tizimga kelib tushadi. Tizimni o‗zi esa sayt tuzilishini aniqlab berishi mumkin va internet-xarid yoki internet-xizmatlarni ko‗rsatish jarayonida har bir mijozga samarali xizmat ko‗rsatilishi mumkin. eCRM-tizimlar kompaniya Web-sayti yoki elektron pochta orqali amalga oshirilgan sotuvchi va xaridor o‗rtasidagi barcha 217 aloqalarni ro‗yxatga oladi va tahlil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar internet- marketingni ishlab chiqish va tahlil qilishga yo‗naltirilishi mumkin. Internet do‗konlar uchun eCRM-tizimlar elektron tijoratda CRM- tizimlarning eng mashhur ko‗rinishi hisoblanadi. Internet orqali savdo qiluvchi firmalarda eCRM-tizimlardan ustuvor mijozlarni izlashdan boshlab mahsulotlarni etkazib berishgacha – mijoz va kompaniya o‗zaro aloqalari barcha davrlarida foydalaniladi. Nihoyat, eCRM-tizimlardan Internetda xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar, xususan, moliyaviy-internet-xizmatlarda samarali foydalanishi mumkin. Mijoz uchun do‗kon Web-sayti internet-do‗konning asosiy qismi hisoblanadi. Mijoz Web-sayt orqali mahsulotlar to‗g‗risida axborot oladi va buyurtmalarni amalga oshiradi. Zarur bo‗lgan mahsulotni izlashda sayt bo‗ylab harakat qiladi – qidiruv tizimlari va ilovalardan foydalanadi. Buyurtma lahzasida mijoz mahsulotni etkazib berish usuli va joyi to‗g‗risidagi axborotlarni kiritadi, to‗lov turini tanlaydi. ECRM-tizimlar kelgusi tahlillar uchun bu barcha ma‘lumotlarni kuzatib borishi kerak bo‗ladi. Doimiy holda tashrif bubrib turuvchi mijozlarga do‗kon saytida ro‗yxatdan o‗tish taklif qilinadi. Bunday holatda, mijoz bo‗lg‗usi xaridlar bilan bog‗liq bo‗lgan axborotlarnigtna kiritib qolmasdan (etkazib berish joyi, to‗lov turi, qabul qilib oluvchining ismi), bevosita bo‗lgan ma‘lumotlar – oilaviy holati, daromadi, qiziqayotgan mahsulotlar turi kabilarni ham kiritadi. Bularning barchasi eCRM-tizimlarda e‘tiborga olinadi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling