218
4.2.3-rasm. Yetkazib berish zanjirini boshqarish (scm) tizimi sxematik
koʻrinishi
SCM ERP tizimlar tarkibiga kiritiladi, turli tizimlar bilan integratsiyalashgan
hamkorlikni e‘tiborga olgan holda alohida ishlaydigan yechim sifatida joriy
etilmaydi.SCM yechimlarni ishlab chiqarish tarmoqlari
va savdo sohalarida
samarali qo‗llash mumkin.
O‗z navbatida SCM echimlar quyi tizimlardan tashkil topadi:
1. SCP (Supply Chain Planning-etkazib berish zanjirini rejalashtirish);
2. SCE (Supply Chain Execution - etkazib berish zanjirini amalga
oshirilishi).
SCP strategik etkazib berish zanjirini rejalashtirish
uchun ishlatiladi, SCE
etkazib berish zanjirini amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Uslubiy jihatdan SCM kontekstida etkazib berish zanjirini boshqarish
quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi:
219
1. PLAN (rejalashtirish)
2. SOURCE (sotib olish)
3. MAKE (ishlab chiqarish)
4. DELIVER (etkazib berish)
5. RETURN (qaytarish).
6. SCM tizimlarining asosiy funksiyalari:
Zahira, ishlab chiqarish hajmi va mahsulotni etkazib berishni
rejalashtirish: etkazib berishni rejalashtirish,
etkazib berish manbaalarini
ro‗yxatga olish, etkazib berish sifatini nazorat qilish, etkazib berishlarni ro‗yxatga
olish, etkazib beruvchilar bilan shartnomalarni ro‗yxatga olish, mahsulotlarni kirim
qilish, kafolatli zahiralarni rejalashtirish, kunlik va xaftalik savdoni prognoz qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: